Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida yaşovçi viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida röyxatda turuvçi şaxs xotini va qiziga piçoq bilan tan jarohatlari yetkazib, ularning vafot etişiga sabab bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 18 sentyabr kuni Nişon tumani «Oq oltin» MFYda yaşovçi, 4 nafar farzandning otasi, 2020 yildan viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida hisobda turuvçi U.X. turmuş örtoği X.D. hamda voyaga yetmagan qizi R.M.ni qişloq hududida joylaşgan qabristonga «Damas» maşinasida olib borgan. Söng turmuş örtoğini begona erkaklar bilan birga yurganlikda ayblab, oşxona piçoği bilan qizi va xotiniga sançib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda, X.D. va R.M. oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur qotillik atrofliça örganilganda, marhuma X.D. 2020 yil 23 oktabr kuni turmuş örtoği U.X.ning xatti-harakatlaridan norozi bölib, Nişon tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgani aniqlangan. Ariza yuzasidan tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borgan. Holat böyiça U.X.ning xatti-harakatlari yuzasidan MJtKning 41-moddasiga asosan töplangan hujjatlar ma'muriy sudga yuborilgan. Sud tomonlarning özaro yaraşgani munosabati bilan ogohlantiriş bergan.

Oradan ikki oyga yaqin vaqt ötib, 2021 yil 15 yanvar kuni «Oq oltin» MFY raisi tuman IIBga X.D. turmuş örtoği U.X. bilan özaro oilaviy kelişolmay kelayotgani haqida bildiriş xati bilan çiqqan. Şundan söng 2021 yil 16 yanvar kuni profilaktika inspektori tomonidan ayolga himoya orderi berilgan. Oilaviy nizo barham topavermagaç, U.X. 2020 yil noyabr oyida va 2021 yilning yanvar, fevral va may oylarida viloyat asab-ruhiy kasalliklari dispanseriga davolaniş uçun yotqizilgan. Unga viloyat TMeK tomonidan nogironlik berilgan.

Şuningdek, Nişon tumani hududida ötkazilgan «Xavfsiz hudud» maxsus profilaktika tadbiri davomida 2021 yil 16 sentabr kuni profilaktika inspektori va «Oq oltin» MFY raisining örinbosari fuqaro U.X.ning yaşaş xonadoniga birga borib, u bilan profilaktik suhbat ötkazgan.

Ta'kidlanişiça, Nişon tumani «Oq oltin» MFYda mazkur qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yiğilişi bölib ötgan. Unda viloyat IIB boşliği polkovnik Ş.Satvoldiyev, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, «Oq oltin» MFY faollari va jinoyat sodir etgan şaxsning oila a'zolari iştirok etgan. Muhokamada qatnaşgan mas'ullar jinoyatning oqibatlariga qarşi kuraşiş emas, balki uning oldini oliş lozimligini ta'kidlaşgan.