Moliya vazirligi Özbekistonda ilk bor oltin uçun ETF'lar, ipoteka obligatsiyalari, sukuk obligatsiyalari paydo bölişini ma'lum qilgandi. 24 sentabr kuni “Özbekistonning barqaror rivojlaniş maqsadlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov Kun.uz’ga batafsil ma'lumot berdi.

Oltin uçun ETF’lar. Bu nima degani?

ETF – Exchange-Traded Fund. Oltin va boşqa kapital bozoridagi yangi instrumentlar yaratilişining asosiy sababi xalqimizga kapital bozorida har xil instrumentlarga öz investitsiyalarini tikiş uçun imkoniyat yaratişdir. Bu yangi narsa emas, bir qança kapital bozorlarida ETF’lar bor. Ma'lum bir xomaşyoga, masalan, neftga yoki qandaydir indekslarga boğliq bölişi mumkin.

Masalan, bir unsiya oltinning narxi 1000-1800 dollar bölib turgan vaqtda unga hamma ham pul tika olmasligi mumkin. Lekin ETF’lar bölganda, oltinning narxiga boğlangan qimmatli qoğozlar çiqarilsa, 100 ming söm pul bilan ham oltinga investitsiya kiritiş imkoniyati paydo böladi.

Yanada tuşunarli aytilsa, xalqimiz özlarining omonatlarini banklar va boşqa instrumentlarda saqlaş uçun imkoniyat yaratiladi. Bu kapital bozori likvidligini oşiradi.

Bozor yaratilgandan keyin brokerlar yoki boşqa investitsion konsultantlar orqali şu instrumentlarga xalqimiz investitsiya qilişlari mumkin böladi.

“Magazinçi Ğaybulla”da pulni jamğarişning yangi imkoniyatlari paydo böladi

Hozir xalqimiz pulni qayerga qöymoqda degan savol bor: kimdir dollarga, kimdir kvartira, maşina yoki haqiqatan oltin olayotgandir. Özbekistonliklar çet eldan Özbekistonga pul jönayotgan bölişi, bu pullar bank va boşqa investitsiyalarga kiritilişi ham ma'lum darajada töğri yöldir. Biroq şu bilan birga kim investitsiya qilayotgan bölsa, har bir odamning manfaat jihatidan körib çiqişimiz kerak. Ularga manfaatli bölsagina öz pullarini bankka qöyadi. Manfaatli bölmasa, odamni majburlab pulini biror narsaga tik deya olmaymiz. Bu notöğri.

Siz aytmoqçi bölgan oddiy magazinçi Ğaybullaga foydasi nima böladi? Unda imkoniyat paydo böladi, unga 20 mln söm puliga bir unsiya oltin sotib oliş kerak emasdir. Xalqimizda moliyaviy savodxonlik oşişi oqibatida şu instrumentlarga bölgan talab paydo bölişi mumkin. Şundan kelib çiqib odamlarga pulini jamğarişda qöşimça imkoniyat bölsa, öndan bir yoki yuzdan bir daromadlarini farzandlarining öqişi uçun yoki boşqa maqsadlarga şunday instrumentlar orqali investitsiya qilib, kelajagi uçun zamin yaratişi mumkin.