Yaşillar yetakçisi Annalena Berbok, sotsialistlar yetakçisi, Merkel davridagi vitse-kansler Olaf Şoltz, Merkel partiyasining yangi yetakçisi Armin Laşet - ular Germaniyaning navbatdagi kansleri böliş uçun asosiy nomzodlar.

Germaniya kansleri Angela Merkel uç yil oldin navbatdagi saylovlarda iştirok etmasligini ma'lum qilgandi. Şu tufayli XDI hokimiyatni boy berişi ham mumkin.

Saylovoldi sörovlari Germaniyada Xristian-demokratlar ittifoqi/Xristian-sotsialistlar ittifoqi bloki öng-markazçilari va Sotsial-demokratik partiya söl-markazçilari koalitsiyasi hukmronligi davri nihoyat yakunlanişini körsatgan.

Bu «oğir vaznli» partiyalar uçun berib kelingan ovozlarning  bir qismini 2015-2016 yillardagi migratsiya inqirozi davrida maydonga çiqqan va aksilimmigratsiya yönalişidagi öng populistlarning «Germaniya uçun muqobil» partiyasi olişi kutilmoqda, sönggi vaqtlarda «yaşillar» partiyasi ham sezilarli kötarilişga erişgan.

Bundan taşqari, şu vaqtgaça partiya uçun emas, Merkel xonim uçun ovoz berib kelgan saylovçilar endi XDIdan yuz ögirişi tayin.

Natijada reytingi bir-biriga yaqin uç yetakçi partiya - sotsial-demokratlar, XDI va yaşillar koalitsiyasi yuzaga kelişi mumkin: Merkel davridagi barça tört saylov siklida ikki partiya (XDI va SDP) koalitsiyasi tuzilgandi.

  • Sönggi sörovnomalarga köra, Germaniya sotsial-demokratik partiyasini 25 foiz saylovçilar, XDI/XSIni 23 foiz, «Yaşillar»ni 16,5 foiz, Germaniya ozod demokratik partiyasini 11 foiz, «Germaniya uçun muqobil» partiyasini 10 foiz va «Söllar»ni 6 foiz saylovçilar qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Bu koalitsiya tarkibi böyiça bir neça variantlar bor. Sotsialistlar va yaşillar yetakçilari saylovoldi kampaniyasi yakunida öz qaraşlari yaqinligini namoyiş etişdi. Bundan taşqari, barça yetakçi siyosatçilar bölajak hukumatga «Germaniya uçun muqobil»ni qabul qilişdan boş tortgan.

Yangi hukmron koalitsiya qanday körinişda bölmasin, nemis şarhlovçilari taşqi siyosatda jiddiy özgarişlar bölişini kutişmayapti.

Olaf Şoltz va Annalena Berbok sönggi saylovoldi debatlari vaqtida bir-birini tanqid qilişga urinmadi - germaniyalik şarhlovçilar buni ularning hukmron koalitsiyada birgalikda işlaşga tayyorligi sifatida talqin qilişdi.