Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Berlinda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va Bundestagning taşqi işlar böyiça qömitasi raisi Armin Laşet bilan muzokaralar ötkazdi – va ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirgan hisobotida bu ikki siyosatçini adaştirib yubordi.
14 yanvar kuni Kallasning instagramdagi sahifasida «Federal mudofaa vaziri @boris-pistorius bilan uçraşuv yoqimli böldi» deb storis qoldirgan. Lekin bu fotosuratda u vazir Pistorius emas, balki Laşet bilan birga aks etgan.
Xatolikka yöl qöyilgan post tezda öçirib yuborildi, ammo u boşqa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalişga ulgurgandi.
Keyinroq Kallasning instagramida ikki siyosatçi ham töğri körsatilgan yangi post qöyildi.
Pistorius va Laşet örtasida haqiqatan ham taşqi öxşaşlik mavjud bölib, bu muntazam ravişda çalkaşliklarga olib keladi va memlarga sabab böladi, deb ta’kidlaydi Spiegel. Laşetning özi uning Pistoriusga öxşaşligi Mudofaa vazirligi xavfsizlik xizmati xodimlarini sarosimaga solganini aytgan. Siyosatçi Berlinda mudofaa vaziri bilan bir köçada yaşaydi va har kuni ertalab elektr samokatda Bundestagga boradi. Kunlardan birida politsiyaçi vazirlikka qönğiroq qilib, Pistoriusga qöriqçisiz, yolğiz özi samokatda şahar aylanib yurişi töğri emasligini aytib qöyişni iltimos qilgan.

















