Viktor va Sintiya Lyu Xitoy kommunikatsiyalar bankining sobiq rahbarlaridan biri Çanmin Lyuning farzandlari hisoblanadi. Ularga Xitoyda heç qanday ayblov qöyilmagan, ular mamlakat böylab harakatlana olişgan, biroq taqiqlov sababli Xitoyni tark eta olişmagan. AQŞ davlat departamenti vakili amerikaliklarning uylariga qaytarilganini qutlagan va bu AQŞning Şanhaydagi boş konsulxonasi yordami bilan amalga oşganini ta'kidlab ötgan.
Men Vançjou Kanadaning Vankuver şahrida 3 yilga yaqin uy qamoğida saqlangan. U 2018 yilda AQŞ sörovi bilan hibsga olingan. Huawei moliyaviy direktoriga Xitoyga qarşi sanksiyalarni buziş bilan boğliq ayblovlar qöyilgan. Ötgan hafta Kanada sudi Men Vançjouning AQŞga ekstraditsiya qilinişini töxtatişga qaror qilgan va u 25 sentyabrda Xitoyga qaytgan.

















