«2021 yil 28 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173409 (+510) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 32 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 31 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent viloyatida,
  • 227 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bungacha bir necha kun davomida kunlik holatlar soni 400 atrofida bo‘layotgandi.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
  • Andijon viloyatida 17 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 34 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 27 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
  • Xorazm viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent viloyatida 201 nafar,
  • Toshkent shahrida 257 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 168359 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 4 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1234 nafarni tashkil qilmoqda.