Qömita ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga Özbekiston Respublikasida korxona va taşkilotlarda işlovçilarning ma'lumot darajasi böyiça taqsimlanişi quyidagiça:
- oliy ma'lumotli — 28,9 foiz;
- örta maxsus ma'lumotli — 55,6 foiz;
- örta va töliqsiz örta ma'lumotli — 15,5 foiz.
Avvalroq, ikkinçi va undan keyingi ta'limni oliş tartibi tasdiqlangandi.
Oliy ma'lumotga ega bölgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega şaxslar bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limni olişi mumkin.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta'lim böyiça qabul parametrlari OTM kengaşi tomonidan belgilanadi.
Öqişga kiriş uçun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgaça (şu kuni ham) Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan işlab çiqilgan maxsus elektron tizim orqali röyxatdan ötadi.

















