Senatning 19-yalpi majlisida senator Manzura Salimova xalq ta'limi tizimida darsliklar yetkazib berilishi muammoga aylangani haqida gapirdi.

“Maktablarga yetkazib beriladigan o‘quv darsliklari yetishmovchiligi muammosi kuzatilyapti. Misol uchun: boshlangan yangi o‘quv yilida Qashqadaryo viloyatidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilarining 46 foizi darslik bilan ta'minlangan.

Farg‘ona viloyatida 2021-2022 o‘quv yilida ta'lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta'lim maktablarida 5-sinfdagi 468 nafar o‘quvchilar uchun 468 to‘plamda darsliklar yetishmayotganligi aniqlandi.

2-sinflar uchun jami 767 574 dona (625 586 dona darsliklar, 141 988 dona mashq daftarlari) darsliklarga buyurtma berilgan. Biroq, viloyat bo‘yicha 2-sinflar uchun 7 xil nomdagi 334 966 dona (53,6 foiz) darsliklar nashr etilishi kechikkanligi sababli, umumta'lim maktablariga o‘z vaqtida yetkazib berilmagan.

Vazirlikdagi darsliklarga mas'ul mutasaddilardan so‘ralganida haqiqatan shunday muammo borligi, elektron darsliklar joylarga yetkazib berilganligi haqida ma'lumot berildi. Ammo bu elektron darslikdan foydalanish uchun hammada ham kompyuter yoki chop etish uchun imkoniyat bo‘lmasligi mumkin”, dedi senator.

Senator Abdurahim Irkayev ham mazkur masalada Xalq ta'limi vazirligiga savollar bilan murojaat qildi.

“Qashqadaryoda 2021-2022 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan 62 ming nafardan ortiq o‘quvchidan 26 ming nafardan ortig‘iga, ya'ni viloyatning 7ta tumaniga 13 sentabr holatiga ko‘ra prezident sovg‘asi yetib bormagan.

2021 yil investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93ta maktabni jihozlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shundan 36ta maktabga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan. 57ta maktab haligacha jihozlanmagan.

Qashqadaryodagi maktablarni jihozlar bilan ta'minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Farg‘onada faoliyat yuritadigan korxona yutgan. Maktab uchun mebellarni Farg‘onadan Qamchiq dovoni orqali Qashqadaryoga yetkazib kelishning o‘zi mebel va jihozlardan ham qimmatga tushadi.

Vazirlik nega shu paytgacha hozirlik ko‘rmadi? Bundan tashqari, maktab darsliklarini yetkazib berish bo‘yicha tenderlar qanday o‘tkazilmoqda?” dedi u.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun darsliklar, o‘quv qurollari va maktab sumkasidan iborat bo‘lgan prezident sovg‘asi beriladi.

Avvalroq, Qashqadaryoda 1-sinfga borgan o‘quvchilarning yarmidan ko‘piga prezident sovg‘asi berilmagani ma'lum bo‘lgan va viloyat XTB ushbu muammo tezda hal qilinishini