Jismoniy imkoniyatlari çeklangan bolalar ham boşqalar qatori ta'lim olişga va mavjud imkoniyatlardan foydalanişga haqli. Ularning ilm olib, kasb-hunar örganişi, hayotda öz örnini topib ketişi esa bir kasb egalarining sa'y-harakatlari va maşaqqatli mehnatiga boğliq. Ular ustoz va murabbiylar. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-maxsus maktab-internatida bölib, aynan mana şunday fidokor ustozlar faoliyati bilan tanişdik.
Maxsus maktab-internatdagi dars jarayonlari oddiy maktablarnikidan farq qiladi, çunki bu yerda eşitiş qobiliyatida nuqsoni bor bolalar ta'lim oladi. Ularga ta'lim beriş, nutqini rivojlantiriş esa öqituvçilardan alohida mas'uliyat va mahorat talab qiladi.


Sinf xonalarida köpi bilan 12 nafar öquvçi böladi. Partalar ham ketma-ketlik bilan emas, barça öquvçi ustozining yuzini bir xilda köra olişi uçun noodatiy tarzda qöyilgan. Çunki öqituvçi darsni bolalarga köproq qöl va lab harakatlari orqali tuşuntiradi. Eşitiş qobiliyati sust yoki umuman bölmagan bolalar har bir mavzuni avvalo köriş orqali tuşunadi. Bu jarayonda darsni öquvçiga tuşuntiriş pedagog uçun ham oson emas.


Maktab-internatda qariyb 35 yildan buyon dars berib kelayotgan boşlanğiç sinf öqituvçisi Dilrabo Safoyevaning ta'kidlaşiça, ta'lim maskaniga qabul qilingan bolalar öqiş va yozişni bilmagan holda kelişadi.
«Ularning savodini çiqarişni avvalo ovoz va nafas maşqlari, qöl harakatlaridan boşlaymiz. Öquvçilarimizga ikki bosqiçda ta'lim beramiz. Birinçi bosqiçda ularga öquv qurollarini, atrofdagi predmetlarni mimika orqali tuşuntirib, his qilişga örgatamiz. Ikkinçi bosqiçda esa nutqida nuqsoni borligi uçun alifbo orqali savodini çiqaramiz. Hozirda 1-sinfga qabul qilgan öquvçilarimizni maktab hayotiga tayyorlayapmiz, oşxona, yotoqxonaga moslaştiryapmiz. Öquvçilarimiz eşitmasa, gapira olmaydi. Buni bartaraf qiliş uçun körgazmali qurollardan foydalanamiz. Eşitiş qobiliyati sust bölgan bolalar köriş orqali fanni ham, sözni ham örgana oladi. Oddiy maktablarda öqituvçi mavzuni bir marta aytsa, biz 4-5 marta qaytaramiz. Öquvçilarimiz öz uylarida yaqinlari tomonidan alohida e'tiborda bölgan. Şu sababli bu yerda işlovçi öqituvçilardan köproq mehribonlik, asabiylaşmaslik, sabr-toqat talab qilinadi», deydi tajribali pedagog.























