Ekologiya mavzusiga yana murojaat qildik. Poytaxtdagi yaşil hududlar va bir qança boğlar oxirgi yillar davomida haqiqiy egalari – aholidan olib qöyildi. Aniqroği, uşbu maskanlar qarovsiz qoldi, foydalanişga taqdim etilmadi, ayrim qismlari binolar quriş uçun investorlarga sotildi va sotilyapti. Ğafur Ğulom, Abdulla Qodiriy, “Döstlik” va Milliy boğ kabi bir zamonlar sölim bölgan boğlar şular jumlasidan.

Avvalroq, “Döstlik” boği foydalanişga topşirilayotgani, boğ obodonlaştirilayotgani haqida lavha tayyorlagandik. Bu daf'a poytaxtning Eski şahar qismida, Olmazor tumani hududida joylaşgan Abdulla Qodiriy nomidagi boğga bordik. Va... açinarli ahvolga guvoh böldik.

Boğ hududining qança qismi, qaysi investorga, qaysi şartlar asosida sotib yuborilgani haqida jamoatçilikka ma'lumot berilmagan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği v.b. Farhod Dehqonov qaysi investorlarga ekologik xulosa bergani haqidagi hujjatlarni taqdim etişini ma'lum qildi.

Boğ hududiga biz bilan oldinma-ketin Davlat ekologiya qömitasi raisi örinbosari, qömitaning hududiy bölimlar inspektorlari, boğga qaraş zimmasiga yuklatilgan “Olmazor” biznes-siti direksiyasi mas'ullari, ekopatrul xodimlari yetib kelişdi.

Boğga ekologiya va atrof-muhitga mas'ullar biz bilan intervyularda boğni obodonlaştiriş işlari boşlangani, daraxtlar xatlovdan ötkazilgani, tez orada bu makon obod bölişi va xalq uçun eşiklar oçiq ekanini aytib ötişdi.

Haqiqiy holatdan esa videolavha orqali tanişib olişingiz mumkin.

Bobur Akmalov,
Kun.uz muxbiri.