Buxoro viloyati hokimining farmoyişiga binoan, 5ta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazosi berildi, 2ta tuman hokimi esa iş haqining 20 foiz miqdorida jarima tölaydigan böldi. Ular fuqarolarning murojaatlari bilan işlaşdagi sustkaşligi uçun jazolandi.

Farmoyişda ta'kidlanişiça, viloyat, tuman va şaharlar hokimliklarida Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonuni talablariga rioya etilmaslik holatlariga yöl qöyilganligi qayd etilgan.

Jumladan, mas'ul xodimlarning qonunçilik hujjatlari talablaridan yetarli darajada xabardor emasligi, hokimliklarda murojaatlar bilan işlaşda qonunçilik talablariga rioya qilinmasligi va notöğri ma'lumotlar taqdim qiliş holatlarining mavjudligi, fuqarolar hokimlar qabuliga kira olmay, ularning qabulini taşkil qilib berişni sörab davlat rahbariga murojaat qilayotgani, bunday sörovlarning ham aksariyat hollarda e'tiborsiz qoldirilayotgani, murojaatlar viloyat hokimligi tomonidan körib çiqiş uçun ustidan şikoyat qilingan mansabdor şaxsga yuborilayotgani, murojaatlar bilan işlaşga va muammolarni hal etişga bunday yondaşuv aholining haqli e'tirozlariga sabab bölayotgani holatlari kuzatilgan.

Şuningdek, 2021 yilning 17 sentabr kuni viloyat hokimining Buxoro şahrida ötkazgan sayyor qabulida tuman va şaharlar hokimlari, sektorlar rahbarlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga e'tiborsizlik bilan qarayotganliklari öz tasdiğini topgan.

Farmoyişga köra, viloyat hokimi örinbosarlari, tuman va şaharlar hokimlarining fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.

Fuqarolarning murojaatlari bilan işlaşga e'tiborsizlik bilan qaragani uçun quyidagilarga hayfsan intizomiy jazosi qöllangan:

  • Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov;

  • Vobkent tumani hokimi F.Umarov;

  • Kogon tumani hokimi M.Esanov;

  • Peşku tumani hokimi V.Qahhorov;

  • Buxoro tumani hokimi X.Jörayev.