«2021 yil 2 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 175267 (+388) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 13 nafari Namangan viloyatida,
- 53 nafari Samarqand viloyatida,
- 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 32 nafari Toshkent viloyatida,
- 159 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
O‘zbekistonda so‘nggi marta bundan past kunlik ko‘rsatkich 18 iyun kuni qayd etilgan - o‘shanda 385ta kasallanish holati ro‘yxatga olingandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 nafar,
- Andijon viloyatida 22 nafar,
- Buxoro viloyatida 12 nafar,
- Jizzax viloyatida 20 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Namangan viloyatida 12 nafar,
- Samarqand viloyatida 54 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 49 nafar,
- Xorazm viloyatida 8 nafar,
- Toshkent viloyatida 31 nafar,
- Toshkent shahrida 205 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 170320 (+454) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 2 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1247 nafarni tashkil qilmoqda.















