Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida joylaşgan avtomobillarga siqilgan gaz töldiriş şoxobçasida Lacetti-2 maşinasining gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2 oktyabr kuni soat 15:30 larda Jarqörğon tumanida joylaşgan «Jarqörğon Sarbon-Broker» MÇJga qaraşli avtomobillarga siqilgan gaz töldiriş şoxobçasida gaz töldiriş jarayonida Lacetti-2 maşinasi gaz balloni portlab ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Yonğin sodir bölmagan. Voqea joyiga FVB, IIB, prokuratura va boşqa tegişli idoralarning mutaxasisslari çiqib, hodisa sabablarini örganişgan.

Dastlabki suriştiruvlarga köra, gaz ballonining portlaşiga Lacetti-2 maşinasiga özboşimçalik bilan örnatilgan sifatsiz (ECeK 110 Ş 72 kilogramm, skotçli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformatsiyasi sabab bölgan.