Özbekiston musulmonlari idorasi muftiy lavozimiga saylov tartibi töğrisida axborot berdi. Ma'lum qilinişiça, taşkilot Nizomining tegişli bandiga köra, diniy idora raisi, muftiy Ulamolar Kengaşi yiğilişida 5 yil muddatga saylanadi.
Uşbu lavozimga saylanayotgan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy diniy ma'lumotli, kamida 10 yil Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida işlagan, ulamolar hamda xalq orasida obro‘ va işonç qozongan bölişi lozim.
“Ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atrofliça körib çiqiş, mehnat faoliyatlarini örganiş, bilim salohiyatlarini mezonga soliş, iş tajribalarini kuzatiş va xalq orasidagi obro‘-e'tiborlariga baho beriş işlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlarning yakuni töğrisida Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy matbuotida e'lon qilinadi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Idora muftiy vazifasiga kim saylanişi va nomzodlar haqida turli xabarlar “ulamolarning ruhiyatiga salbiy ta'sir ötkazayotgani” sababli haqiqatga töğri kelmaydigan xabarlarni tarqatmaslikka çaqirdi.
Kun.uz'ning Özbekiston Musulmonlar idorasining faoliyati va muftiy saylanişi tartibi yuzasidan öquvçilariga ma'lumot beriş maqsadida taşkilot Nizomini sörab qilgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.
Avvalroq, idora ijtimoiy tarmoqlarda muftiy tayinlangani haqida tarqalgan xabarlarga raddiya bergandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida davolaniş uçun Moskvaga olib borilgan muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida oğir xastalikdan söng vafot etdi. Ulamo 2006 yildan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlagandi.
16 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi davlat rasmiylari ta'ziyali xonadonda bölib, hamdardlik












