«2021 yil 4 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176019 (+304) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 13 nafari Namangan viloyatida,
  • 38 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda so‘nggi marta bundan past kunlik ko‘rsatkich 14 iyun kuni qayd etilgan - o‘shanda 300ta kasallanish holati ro‘yxatga olingandi.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 13 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 35 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 15 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
  • Xorazm viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 55 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 171162 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 2 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1251 nafarni tashkil qilmoqda.

4 oktabr kuni 12 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 27349taga yetdi. Kecha ularning 19 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25688 nafarni tashkil qilmoqda.