Nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş yagona davlat tizimi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida taşkil qilinadi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi tegişli nizom tasdiqlandi:

  • amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barça nurlaniş manbalarida individual nurlaniş dozasini nazorat qiliş hamda hisobga oliş;
  • nurlaniş olişning individual dozalari töğrisidagi ma'lumotlarni töplaş tartibini belgilaş, ma'lumotlar bazasini şakllantiriş hamda ularni tahlil qiliş;
  • tahlillar natijasi böyiça nurlaniş olişning aholiga ta'sirini baholaş va uning ta'sir qiliş darajasini kamaytiriş böyiça tizimli çoralar köriş.

Vazirliklar va idoralarga faoliyati davomida ionlaştiruvçi nurlaniş manbalaridan foydalanuvçi taşkilotlarda 2021 yil yakuniga qadar nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş tizimini taşkil etiş topşirildi.

Nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş böyiça ma'lumot Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatiga berib boriladi.