Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi Muhsin Abdurahmonov «Nissan Motor Co Ltd.» kompaniyasining barqaror rivojlaniş böyiça boş vitse-prezidenti va direktori Joji Tagava bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uçraşuv çoğida elçi Özbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi özgarişlar, sarmoyaviy muhit hamda işbilarmonlik uçun yaratilgan qulay şaroitlar haqida söz yuritdi.
Özbekiston rahbariyati tomonidan «yaşil» energiyaga ötiş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar va mamlakatda elektr transport vositalarini işlab çiqariş rejalariga alohida e'tibor qaratildi.
«Nissan Motor Co. Ltd.» barqaror rivojlaniş böyiça boş vitse-prezidenti va direktori Joji Tagava Özbekistonda avtomobilsozlik böyiça katta salohiyat mavjudligi va kompaniyaning mamlakat bozoriga kirişga bölgan qiziqişini qayd etdi. Şuningdek, u Özbekistonning «yaşil» energiyani rivojlantirişda hamkorlik qiliş böyiça takliflarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Joji Tagava özbek tomoniga «Nissan Motor Co. Ltd.» mahsulotlariga bölgan qiziqiş va işonç uçun minnatdorlik izhor etdi. U şuningdek, Özbekistonda «Nissan» avtomobillari soni va modellari kölami kengaytirilişini ham ma'lum qildi.
Muzokaralarda, şuningdek, «Nissan Motor Co. Ltd.» kompaniyasining mintaqaviy vakolatxonasi direktori Andrey Akifiyev iştirok etdi. U tomonlarning «Nissan Motor Co. Ltd.» kompaniyasining Özbekiston bozoriga yanada faol kirişi böyiça taklifini qöllab-quvvatladi, deyiladi ma'lumotda.
















