Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Bahrom Irzayev Nosirxon töraning ibratli umr yöli haqida hikoya qilib berdi.

1871 yili Namangan viloyatining hozirgi Kosonsoy tumanida tuğilgan Nosirxon ilk saboqni Namangandagi madrasalardan birida mudarrislik qilgan otasidan olgan. Söngra tahsilni Namangan va Buxorodagi madrasalarda, keyinçalik Kobul, Dehli, Bağdod va Hijoz şaharlarida davom ettirgan.

Turkistonga qaytgaç, Namangandagi Mavlaviy va Mulla Qirğiz madrasalarida boş mudarris bölib faoliyat yuritgan va köplab ilm toliblariga tafsir, hadis, fiqhdan saboq bergan. 1912 yili Namangan şahriga qozi etib tayinlangan. Nosirxon töra 1913 yildan boşlab jadidçilik harakatida faol qatnaşgan. Şuningdek, u 1917 yilning 26-29 noyabr kunlari Qöqon şahrida bölib ötgan Ölka musulmonlarining törtinçi qurultoyida qatnaşadi va Turkiston muxtoriyati hukumati a’zosi – maorif vaziri etib saylanadi.

“1913 yilda u kişi Haj safariga boradi va bu safar asnosida dunyodagi ahvoldan xabar topadi. Hajdan qaytişi bilan mudarrislikdan taşqari Turkistonda keng qamrov olayotgan jadid taraqqiyparvarlik harakati ğoyalarining tarğibotçisiga aylanadi. Jadid maktablari va muallimlariga homiylik qila boşlaydi.

Öşa yillar haqida Boymirza Hayit özining kitobida: “Nosirxon töra Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinişida juda katta harakatni amalga oşirdi”, deb yozadi. Aşurali Zohiriy öz xotiralarida: “Agar Nosirxon töra taşabbus körsatmaganda edi, Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan 4-qurultoy çaqirilmagan ham bölardi”, deb eslaydi. Şu tarzda namanganlik alloma 72 kun yaşagan bölsa-da, tariximizda katta mavqega ega bölgan muxtoriyatning taşkil etilişiga boş-qoş böladi”, deydi Bahrom Irzayev.

Sovetlar hokimiyati uç oy ötmayoq yangi muxtoriyatni qonga botiradi. Qonuniy hukumat a’zolarini ta’qib etiş bilan qanoatlanmay, Qöqon şahriga hujum uyuştirib, ön mingga yaqin aholining yostiğini quritadi. Hukumat va Maslahat Şörosi a’zolaridan ellikka yaqin odam qamoqqa olinadi. Mustafo Çöqayning yozişiça, Nosirxon Töra Namanganda bolşeviklar qöliga tuşadi va umumiy afv e’lon qilingaç ozod etiladi hamda ma’lum vaqt yaşirin hayot keçiradi.

“Muxtoriyatning hukumat a’zoligiga saylangan Nosirxon töra Namangan va Farğonada bölib ötgan 60 ming, 100 ming kişilik namoyişlarni taşkil etib, xalqni Turkiston muxtoriyatini qöllab-quvvatlaşga ilhomlantiradi. Bolşeviklar tomonidan bu hukumat qonga botirilganidan söng esa Katta Ergaş, Muhammad Aminbekning rahnamosi sifatida, istiqlolçilik harakatining ğoyaviy otalaridan biri sifatida faoliyat olib boradi. Erk va ozodlik uçun qöliga qurol tutgan insonlar Nosirxon töraning ma’ruzalari ta’sirida, u yozgan naşidalarni kuylab hayot-mamot janglariga kirişadi.