Bugun, 6 oktyabrdan e'tiboran FIFA kunlari doirasida milliy jamoalar uchrashuvlari boshlanadi. Yevropada JCh-2022 saralash bahslaridan oldin UYeFA Millatlar ligasining hal qiluvchi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yarimfinal doirasida Italiya Ispaniyaga qarshi saf torsa, Belgiya Fransiyaga qarshi o‘yinda final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Ispaniya Yevro-2020dagi mag‘lubiyat uchun revansh ololadimi?

Turnirning dastlabki yarimfinal juftligida azaliy raqiblar o‘zaro to‘qnash keladi. «Moviy gvardiya» «qizil furiya»ni o‘z maydonida qabul qiladi. Chorshanba oqshomidagi bir o‘yindan iborat yarimfinal bahsida Luis Enrike murabbiyligidagi ispanlar Yevro-2020dagi alamli mag‘lubiyat uchun Roberto Manchini shogirdlaridan revansh olish ilinjida to‘p surishadi. 6 iyul kuni Londonda o‘tgan Yevro-2020 yarimfinal bahsining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan, penaltilar seriyasida esa italyanlar ispanlardan omadliroq chiqqandi – 4:2. Bu safar kim finalga munosibroq bo‘ladi, ko‘ramiz.

Foto: AP

Qayd etish joiz, ushbu hal qiluvchi bahslar Milandagi «San-Siro» va Turindagi «Yuventus stedium»da o‘tkaziladi.

Millatlar ligasi. Yarimfinal.

6 oktabr (chorshanba)

ITALIYa – ISPANIYa

O‘yin boshlanish vaqti: 23:45

Stadion: Milan, «San-Siro»

Taxminiy tarkiblar:

Italiya: Donnarumma; Di Lorenso, Bonuchchi, Kellini, Emerson; Barella, Jorjino, Verratti; Keza, Raspadori, Insine

Ispaniya: Unay Simon; Aspilikueta, Lyaport, Pau Torres, Regilon; Koke, Buskets, Fornals; Ferran Torres, Oyarsabal, Sarabiya.

Italiyaning musobaqadagi natijalari:

A1 guruhi g‘olibi: G‘-3 D-3 M-0

Eng yaxshi to‘purari: Domeniko Berardi - 2

04.09: Italiya – Bosniya  va Gersegovina 1:1