Foto: Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchilar poli chirib ketgan sportzalda shug‘ullanyapti

Foto: Qashqadaryo xalq ta'limi boshqarmasi
5 oktabr kuni Qashqadaryo | Kun.uz telegram kanalida Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sportzalda shug‘ullanayotgani haqida xabar berilgandi. Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra sportzalning pol qismi yengil ta'mirlab beriladi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo | Kun.uz telegram kanalida berilgan xabardagi holat Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari va tegishli mas'ullar ishtirokida o‘rganilmoqda.

Shahrisabz tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 58-maktab «G‘ilon» MFYga qarashli G‘ilon qishlog‘ida joylashgan. Mazkur maktab 1967 yil qurilgan. 2014 yilda 200 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan. Mavjud 2ta 240 o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta'mirlangan.
2019 yilda maktab filialiga davlat investitsiya dasturi asosida 96 o‘rinli o‘quv binosi qurilgan. Shundan so‘ng, maktabning jami quvvati 776 o‘rinli bo‘lgan. Hozirgi kunda bu yerda 557 nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda.

Maktabning 12x24 metr o‘lchamdagi sport zali 2007 yil qurilgan. Maktab tog‘li hududda joylashgani, yerosti suvlari yer yuzasiga yaqinligi, namgarchilik yuqoriligi natijasida sport zalining pol qismi juda tez vaqtda yaroqsiz holatga kelgan.
«2022 yilda mahalliy budjet hisobidan maktab sport zalining pol qismini yangidan ta'mirlash rejalashtirilgan. Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, maktab sport zalini birlamchi ta'mirlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi
O‘zbekiston | 12:55
-
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
Jahon | 12:14
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

14:10 / 20.02.2025