Odatda isitiş mavsumi qaçondan boşlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-qarori bilan tasdiqlangan “Köp kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari körsatiş qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini beriş davri Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlanadi va tamomlanadi.

Isitiş davri taşqi havoning örtaça sutkalik harorati 8 daraja tselsiydan past bölgan 5 kunlik davr tamom bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi, 8 daraja tselsiydan yuqori bölganda esa tamomlanişi kerak.

Barça iste'molçilar ulanib bölgandan söng, 6-7 kun davomida örnatilgan toraytiruvçi qurilmalarda issiqlik ta'minoti tizimlarining sinovi olib borilişi lozim.

Bu yil oktyabrdan havo harorati pasaydi, isitiş mavsumi qaçon boşlanadi?

6 oktyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Nazirjon Nazirov şu haqdagi savolga javob berdi.

“Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, 5 kungaça ob-havo 8 darajadan past bölsa, markaziy isitiş tizimi işga tuşiriladi. Şu sababli hozir örtaça havo haroratimiz 16-18 daraja bölsa, keçasi 10-9 darajagaça tuşmoqda. Şuning uçun bu masalada, normativ me'yorlar kelgandan keyin, ya'ni beş kun davomida keçasi harorat 8 darajadan past bölsa, qozonxonalar hokimlarning maxsus qarorlari bilan işga tuşiriladi”, dedi u.

Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, qonunçilikda belgilangan tartibda isitiş mavsumi boşlanişi uçun yuqoridagi ob-havo kuzatilmagan taqdirda isitiş mavsumini boşlaş yoki tugatiş hududiy viloyat hokimlari qaror va farmoyişlari orqali amalga oşadi.

Ma'lumot örnida, 2019 yilda Toşkent şahrida isitiş mavsumi 25 oktyabr, 2020 yilda esa 15 oktyabrdan boşlangan. 2021 yil 7 aprelda esa isitiş mavsumi tugab, 2021-2022 yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik boşlangan. Hududlarda isitiş mavsumi boşlanişi va tugaşi iqlim şaroitidan kelib çiqib turli muddatlarda amalga oşiriladi.

Isitiş mavsumiga ötiş 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

  • birinçi bosqiçda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi va soğliqni saqlaş muassasalarida);