2021 yilda köp kvartirali uylarni mukammal va joriy ta'mirlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş uçun Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga 100 mlrd söm ajratilgan. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Nazirjon Nazirov 6 oktyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Köp kvartirali uy joylarni tiklaş uçun ajratiladigan mablağlar tasdiqlangan manzilli röyxatga asosan tom, kiriş yölaklarini ta'mirlaşga, kodli, temir eşik örnatişga, elektr şit va yertöla qismlarini ta'mirlaş, uy içidagi muhandislik tarmoqlari, fasad, bolalar maydonçasini quriş va ta'mirlaş, irrigatsiya tarmoqlari, yölaklarni betonlaş, taşqi yoritiş tizimlari hamda umumfoydalaniş uçun hojatxonalarni quriş va ta'mirlaşga ajratilgan”, – deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, yil boşida vazirlik 2 136ta köp kvartirali uylarni ta'mirlaşga tijorat banklaridan 121,9 mlrd söm kredit mablağlari jalb qilinganini ma'lum qilgandi. Şuningdek, 2021 yilda 1000ta liftni yangilaş xabar qilingan.















