Kun.uz’ga murojaat qilgan auksion g‘olibining aytishicha, 240 million 936 ming so‘mga tushgan avtomobilni o‘z nomiga o‘tkazishmoqchi bo‘lganida “Malibu”da 10 dan ortiq taqiq borligi ma'lum bo‘lgan. Auksion g‘olibi o‘z hisobidan avtomobilning jami 4 million so‘mdan ortiq 10 turdagi jarimalarning bir qismini to‘lagan va ayrim taqiqlarni olib tashlagan. Ammo, ayni shu “Malibu” 2019 yil dekabr oyida Sirdaryo viloyatidagi banklarning biridan olingan 7 milliard so‘m kredit uchun garovga qo‘yilgan bo‘lgan. Tabiiyki auksion g‘olibining bu taqiqni yechishga “qurbi yetmagan”.
Joriy yilning 10 mart kuni avtomobilni auksionga chiqargan Majburiy ijro byurosi Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari esa bitta mulkni sotish uchun qo‘yilgan 10 dan ortiq (!) taqiqlarning birortasini ko‘rmagan yoki ko‘rmaslikka olgan. Shundan so‘ng auksion g‘olibi A.Alisher va uning ayoli Xorazmdan Toshkent shahriga kelib Chilonzor tumani MIBga boradi. MIB xodimi Baxtiyor Abdusattorov esa bu MIB xodimlarining xatosi bilan chiqib ketganini tan oladi.
«MIB xodimlari biz bilan gaplashgisi ham kelmadi. Ha, endi bir xatolik bo‘libdi-da, deb qo‘yishdi. Chilonzor tumani MIB davlat ijrochisi Baxtiyor Abdusattorov men ishdan bo‘shab ketishim xam mumkin, keyin kimdan talab qilasiz, dedi. Mening fikrimcha bu narsa atayin qilinganga o‘xshaydi, chunki bu xodimlar huquqshunos bo‘lsa, qiladigan ishining oqibatini bilgan. Bunda tashqari oddiy fuqarolar garovda turgan mulk u yoqda tursin, jarimasi bo‘lsa ham sota olmaydi-ku, qanday qilib MIB xodimi garovda turgan, 10 ta jarimasi bor avtotransportni sotuvga qo‘ya olgan?
Endi nima qilaylik desam, «bilmadik, xohlagan joyingizga arz qiling», deyishdi. Shuncha ovora bo‘ldik, qayerga borsam yoki ariza yozsam, xatolik ortidan auksionga qo‘yilgan degan javob keladi, lekin nima qilishimni aytishmaydi,” – deydi auksion g‘olibi.
Kun.uz bilan gaplashgan «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK mas'uli markaz faoliyatini tartibga soluvchi tegishli Nizomga muvofiq, markaz mol-mulk auksionga chiqarilishidan avval tekshirmasligini va bunday huquq ularda yo‘q ekanligini bildirdi.
Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu avtomobil fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2021 yil 6 yanvardagi ijro varaqasiga asosan ko‘zdan kechirilib, auksionga chiqarilgan. G‘oliblik bayonnomasiga asosan avtomobil A.Alisherga joriy yil 16 mart kuni topshirilgan.
MIB avtotransport vositalariga nisbatan tegishli









