Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu yo‘l ochilishi har ikki davlat uchun ham manfaatli» – prezident Sirdaryoni vodiy bilan bog‘lovchi Tojikiston yo‘li haqida fikr bildirdi
Sirdaryo viloyatiga tashrif chog‘ida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev shaharda barpo etilayotgan “Hunarmandlar markazi” bilan tanishdi va shu yerda OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz muxbirining Tojikiston orqali o‘tuvchi va Sirdaryoni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashi mumkin bo‘lgan yo‘lning ochilishi rejasiga Tojikiston tarafi qanday qarayotgani haqidagi savoliga javob berdi:
“Bu yo‘l qadimdan bo‘lgan, Xovosni Tojikiston hududi orqali vodiy bilan bog‘lagan. Afsuski, turli sabablarga ko‘ra bu yo‘l yopilib qoldi. Men uni ochish bo‘yicha anchadan beri o‘ylayapman, qo‘shnilarimiz bilan bu masalani muhokama qilyapman. Ular bu yo‘lning ochilishiga rozi, yo‘lning ahvoli ham qoniqarli, yaxshi ta'mirlab turishgan. Bu reja amalga oshishi har ikki davlat uchun ham manfaatli. Chunki bordi-keldi, savdo-sotiq bo‘ladi.
Eng muhimi – bu rejamiz amalga oshirilishi Qamchiq dovonidagi transport oqimini kamaytiradi. Chunki qatnov yildan yilga oshib bormoqda. Lekin buning uchun hali ishlashimiz kerak, yangi, sifatli avtobuslar xarid qilishimiz, dastlab sinov tariqasida, keyin muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yishimiz zarur.
Masalaning yana bir jihati – Sirdaryo, Jizzax aholisiga e'tibor bersangiz, ularning aksariyati cho‘lquvar bo‘lib vodiydan kelganlar. Jizzaxning Zarbdor tumanidagi sovxozlardan biri hatto “Andijon” deb nomlangan, “Ozarboyjon” nomlisi ham bor. Shu sabab bu hudud aholisi uchun Farg‘ona vodiysi bilan bordi-keldi qulay bo‘lishi juda muhim. Xudo xohlasa bu rejani amalga oshiramiz”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024