Gumonlanuvçi Yozef S. Zaksenxauzenda 1942 yildan 1945 yilgaça işlagan. U 3518 kişining öldirilişida iştirok etişda ayblanmoqda. Uning ustidan sud jarayoni konslager yaqinida joylaşgan Noyruppin şahrida bölib ötmoqda.

Hukumat sudlanuvçining keksa yoşiga qaramay, sud oldida javob beriş uçun yetarliça soğlomligi, biroq uning işi böyiça sud yiğilişlari 2,5 soat davom etişi haqidagi qarorga kelgan.

Keksa sudlanuvçi sud yiğilişida yuzini kanselyariya papkasi bilan tösib ötirgan. Unga bunda advokati ham yordam bergan. Taxmin qilinişiça, Yozef S. natsist jinoyatçilardan sudlanayotgan eng keksasi hisoblanadi.

Ayni vaqtda Germaniyada Polşadagi Ştutgof konslagerining sobiq xodimasi, 96 yoşli Irmgard Furxner ustidan ham sud jarayoni boşlanmoqda. U konslagerda kotiba bölib işlagan. Furxner sud oldidan qoçişga uringan, biroq qölga olingan.

“Odil sudlov uçun eskilik muddati yöq”, deb aytgan konslagerlarning bir neça sobiq asirlari manfaatlarini himoyalayotgan advokat Tomas Valter.

Zaksenxauzenda 1936 yildan 1945 yilgaça yuz minglab asirlar saqlangan. Ön minglab asirlar oçlikdan, kasalliklardan, majburiy mehnatdan, ular ustida ötkazilgan tibbiy tajribalar hamda SSning asirlarni yöq qiliş böyiça amaliyotlari oqibatida hayotdan köz yumgan.