2020 yilda jahon bozorida xurmo eksporti 11 foizga oşib, 637 ming tonnani taşkil etgan. Öz navbatida, olingan daromad ham 17 foizga ösib, 695 million dollarga yetgan. Bu haqda EastFruit IndexBox ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Xurmo eksporti
2020 yilda eng köp xurmo eksport qilgan mamlakatlar sifatida: Ispaniya (211 ming tonna), Ozarboyjon (126 ming tonna), Xitoy (108 ming tonna) va Özbekiston (97 ming tonna) qayd qilingan. Uşbu 4ta mamlakatning umumiy xurmo eksportidagi uluşi 85 foizni taşkil qilgan. Keyingi örinlarni Litva (14 ming tonna), Polşa (12 ming tonna) va Gruziya (11 ming tonna) egallagan.
Daromad nuqtayi nazaridan qaralsa, Ispaniya (234 million dollar), Xitoy (206 million dollar) va Ozarboyjon (92 million dollar) xurmo eksportidan eng köp pul işlab topgan, ularning umumiy daromaddagi uluşi 77 foizni taşkil etgan.
Ötgan yilda Xitoy (62,1 foiz) va Özbekiston (48 foiz) eksport qilişda eng yuqori ösiş sur'atlariga erişgan.
Xurmoning örtaça eksport narxi 2020 yilda 6,4 foizga qimmatlaşib, bir tonnasi uçun 1091 dollarni taşkil etgan. Eng yuqori narxga xurmo eksport qilgan mamlakat Xitoy (1 tonna uçun 1909 dollar), eng past narxlarda esa Özbekiston (bir tonna uçun 499 dollar) eksport qilgan.
Xurmo importi
2020 yilda xurmo import qiluvçi asosiy davlat Rossiya bölgan, ötgan yilda mamlakat içki bozorlariga 149 ming tonna xurmo olib kirilgan. Bu jahon importining 27 foizini taşkil qiladi. Undan keyingi örinlarni: Qozoğiston (58 ming tonna), Germaniya (55 ming tonna), Ukraina (40 ming tonna), Italiya (31 ming tonna), Tailand (28 ming tonna) va Fransiya (28 ming tonna) egallagan. Bu mamlakatlarning umumiy uluşi jahon importining 44 foizini taşkil etadi. Şuningdek, xurmo sotib olişda jahon miqyosida Belarus (19 ming tonna), Litva (16 ming tonna), Polşa (12 ming tonna), Kanada (9,3 ming tonna) va Buyuk Britaniya (8,4 ming tonna) ham ma'lum uluşga ega.
Xurmo importiga Rossiya (120 million dollar), Germaniya (75 million dollar) va Fransiya (37 million dollar) eng köp pul sarflagan va bu jahon xurmo importiga ajratilgan mablağlarning 43 foizini taşkil qiladi.
Özbekistonda xurmo eksporti

















