Ma'lumotlarga köra, toliblar Afğonistonda hokimiyatni egallagandan keyin olib çiqilgan 7 mingga yaqin qoçqin Britaniyadagi eng past darajali mehmonxonalarga joylaştirilgan va ularga tez orada vaqtinçalik boşpana berişga va'da qilingan. Endi esa Britaniya içki işlar vazirligida qoçqinlardan aksariyati mehmonxonalarda bir neça oygaça qolişi aytilmoqda. Afğonlar ularga taqdim qilingan şaroitlardan norozilik bildirişmoqda.

“Men bunga boşqa çiday olmayman. Men qandoq bölmasin, bu yerdan çiqib ketişim kerak”, deb aytgan 67 yoşli afğon qoçqini.

Britaniyada siyosatçilar va jamoatçilik qoçqinlarga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatidan xavotir bildirişmoqda.

Xelen Bamber nomidagi jamğarmaning yetakçi şifokori, 650 nafar qoçqin bilan işlayotgan Jill ÖLirining aytişiça, afğonlarni mehmonxonalarga joylaştiriş bilan boğliq vaziyat “juda çalkaş” bölib, mehmonxonalar egalari qoçqinlarga şifokor röyxatidan ötişda yordam berişlari va ularning huquqlarini tuşuntirişlari kerakligidan hamon bexabar.

Ekspertlarning baholaşiça, yuzaga kelgan vaziyat Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning afğonlarni qabul qiliş böyiça taşabbusi - “Iliq qabul” dasturining muvaffaqiyatini şubha ostiga qöymoqda. Dasturdan maqsad esa afğon qoçqinlariga özga yurtda öz turmuşlarini qayta izga qöyiş, iş topiş, mahalliy jamiyatga qöşilib ketişda yordam körsatişdan iborat.

Londonning Grinviç tumanidagi maslahatçi Denni Torpning ta'kidlaşiça, qoçqinlarga kömak körsatişda davlat tomonidan uyuşgan yordam yöqligi keçirib bölmas kamçilikdir. Uning aytişiça, bu yerga keltirilgan afğonlarda tez orada hattoki sovun tugaydi.

“Bu hukumat töqnaş kelgan eng katta muvaffaqiyatsizliklardan biridir. Bu odamlarni qöllab-quvvatlaşda yuqori mansabdor siyosatçilarning aytayotgan sözlari bilan amaldagi işlari örtasida ulkan tafovut bor”, deb aytgan Torp.