Saviyasi sayoz milliy seriallar. Yomonlikni körsatib, yaxşilikka örgatib böladimi?
|00:40 / 10.10.202166 11016 min
Seriallar özbekistonliklar azaldan eng köp muhokama qiladigan mavzulardan biri. Ilgari xorij seriallari milliy mentalitetimizga, ma’naviyatimizga töğri kelmaydi, deb bong urardik. Bunga javoban ayrim xorijiy seriallar «qayçilandi», ba’zilari töliğiça efirdan olib taşlandi. Göyoki şu bilan muammoga vaqtinçalik yeçim topildi.
Vaqt ötib, milliy seriallarni köproq işlab çiqariş, efirni özimizning mahsulotlarimiz bilan boyitiş talabi qöyildi. «Milliy» telekanali asosçisi Komil Allamjonov şu kanalda xorij seriallari efiri töxtatilişini e’lon qilganidan söng birin-ketin boşqa xususiy kanallarda ham xorij seriallari kamaya boşladi, örnini milliy seriallar egalladi.
Bu bilan mentalitetimizni yot ğoyalardan asradik, göyoki. Ammo içki duşman ham paydo böldiki, unga qarşi kuraşişga xohişimiz bormikin? Bugungi kunda reytingi baland «ZÖR TV», «Milliy» telekanallarida namoyiş etilayotgan bir neçta seriallardan olingan parçalar uşbu mavzuni olib çiqişimizga turtki böldi.
Fahş, dayuslikni oçiqçasiga olib çiqayotgan «ijodkorlar» qaysi ğoyani berişni maqsad qilişgan? Ularni kim nazorat qiladi? Özi umuman seriallar inson ongostida qançalik saqlanib qoladi? Ongosti dasturi inson xatti-harakatiga singib, uning xatti-harakatlarida aks etişi mumkinmi? Bu borada mutaxassislar fikri bilan qiziqdik.
«Yomonlikni körsatib yaxşilikka örgatib bölmaydi»
Psixolog, psixoterapevt Zebuniso Ahmedova:
«Namoyiş etilayotgan seriallar bir insonning ongostiga joylanayotgan psixologik dasturlardir. Buni psixologiya tilida «neyrolingvistik dasturlaş metodi» deymiz. Agar bir inson hayoti davomida nafratlanadigan obrazni körmagan bölsa, bunday toifadagi odam bilan uçraşmagan bölsa, u serial orqali şu obraz bilan tanişadi. Keyin bu ham inson, xavfli vaziyatlarda nima qilişni bilmadi, adaşdi, deb inson şu obrazga hamdard bölib qoladi. Bu tanişuvdan keyin döstlaşuv paydo böladi, undan keyin hamdardlik yuzaga keladi. Söng inson özi şunaqa voqea-hodisaga duçor bölganida, hamdard bölgan insonining xatti-harakatini takrorlaş holati paydo bölişi mumkin.
Tasavvur qiling: bir ilonni olib keling va kimgadir çaqtiring. Keyin mana bu ilon va undan qörqiş kerak, deng. Vaholanki, uning içiga zahar kirib böldi, u yoki öladi yoki tanasi şikastlanadi. Seriallarda ham şunaqa: siz zaharni yediryapsiz va keyin kördingmi, qanaqa oğir böladi, degan fikrni beryapsiz. Öşa insonning fikrini şu ğoya bilan töldiryapsiz. Şunaqa holatlar bölyapti, ogoh bölinglar, oxiri yaxşilik bilan tugamaydi, degan gapni aytganning foydasi yöq. Psixologiya yaxşilik yölini körsatib, oxiri yaxşilik bilan tugaşini körsatadi.
Mavzuga oid
Ikki ayolning suhbatiga guvoh böldim. Ular farzandlari qiynalib yaşaşi kerakligi, bu ularning kelajagi uçun yaxşi bölişini uqtirişadi. Savol tuğiladi: nima uçun siz farzandingiz qiynalib, azoblanib, öqişi va işlaşi kerakligini xohlayapsiz? Tasavvur qiling: bola faqat yaxşilikni körib ösdi. U hayotida heç qaçon yomonlikni qidirmaydi. Uning miyasiga kiritilgan dastur faqatgina yaxşilikni qidiradi va unga intiladi. Yomonlik unga yot tuşunça, şuning uçun undan uzoqroq yurişni ma’qul köradi. Yomonlikni körsatib yaxşilikka undab bölmaydi. Yaxşilikni körsatib, yaxşilik içida nafas oliş kerak», deydi psixolog.
«San’at arzonlaşib ketyapti»
Muhabbat Abdullayeva, Özbek Davlat drama teatri aktrisasi:
«Menga alam qiladigani şuki, san’at judayam arzonlaşib ketyapti. Masalan, seriallarni olaylik. Tomoşabin ulardan nimadir olişi kerakligi qiziqtirmayapti, qöl uçida tayyorlanyapti. Bir serialda rol öynadim. Rejissyor öqimagan, ustoz körmagan bir yigitni olib kelib, qahramonimning öğli rolini berdi. Uni tanimayman, men ham çiqay, deb iltimos qilib kelgan.
U bitta serialda pul berib çiqyapti, keyin ham kinolarga pul berib çiqaveradimi? Mayli, agar içi tölib-toşgan bölsa, uni tuşuniş mumkin, lekin unday emas. Masalan, menda şunday qobiliyatli şogirdlarim bor, ammo ularni rejissyorlarga beradigan puli yöq.
Öşa serialda rol öynagan yigit bilan işlaşga, tabiiyki, qiynaldim. Içidan nimadir çiqarmikin deb ijro davomida köksiga urib ham kördim. Afsuski, undan sado çiqmadi, öynagan rolida umuman ifoda yöq. Şu joyini televideniyeda anonsga qöyişibdi ham. Har safar körganimda uyalaman. Afsuski, tomoşabinlarimiz nimani bersangiz şuni «hazm qilarkan». Serialçilar esa reyting olyapman, deb maqtanadi.
Masalan, viloyatlarda televizordan boşqa tanlov yöq. Bitta kanaldagi serialni tugatib, boşqasiga ötişadi. Keçirasiz-u, kutubxonaga borsangiz hamma kitoblarni öqimaysiz, tanlab öqiysiz yoki oddiygina ovqatni ham tanlab yeysiz. Serial tomoşasi ham şunday bölişi kerak. Televideniyeda faqatgina özbek milliy seriallari namoyişi töğri qaror emas, deb öylayman. Xorij seriallari öşa xalqning urf-odati, madaniyati haqida ma’lumot beradi. Tomoşabin dunyoqaraşi kengroq bölişiga hissa qöşiş uçun ham seriallarda rang-baranglik bölişi kerak, deb hisoblayman.
Biz bir qolipda qolib ketmasligimiz zarur. Xorij seriallari qanday şaklda olinyapti, mavzulari töğri tanlanyaptimi, şularni tahlil qiliş uçun ham xorij seriallari efiri saqlanib qoliş kerak», deydi aktrisa.
Seriallardagi ayol obrazlari – xiyonatkor kelin, fohişa, baqiroq qaynona...
E’tibor berganmisiz, bugungi kun milliy seriallarida xotin-qizlar qanday rollarda namoyon bölmoqda? Xiyonatkor kelin, nomusi toptalgan qiz, qamalgan ayol, şallaqi xotin obrazlari yaratilgan seriallar reytingi ança baland. Bu kabi seriallarni körgaç, tomoşabin ongida nimalar sodir böladi?
Gender masalalari böyiça tadqiqotçi, huquqşunos Kamola Aliyeva bu haqda öz fikrlarini bildirdi:
«Agar olinayotgan seriallar inson huquqlariga daxl qilayotgan bölsa, xususan, xotin-qizlar huquqlari, ularga qarşi zöravonlikni tarğib qilayotgan yoki gender stereotiplari: ayollarni an’anaviy rollarda körsatiş, ularning qadr-qimmatini kamsitişga, umuman, jins böyiça bilvosita yoki bevosita kamsitişga tarğib qilayotgan bölsa, bunday seriallarni efirga uzatiş töğri bölmaydi.
Ilmiy işim doirasida sörovnoma ötkazganimda: TV orqali efirga uzatilayotgan serial, film, körsatuv, reklamalarda gender tengsizlik, xotin-qizlarga qarşi zöravonlik, unga toqat qiliş yoki gender stereotiplarini tarğib qiliş masalalari bormi, bunga fikringiz qanday, deb savol berganimda, qatnaşgan 600 nafardan ortiq respondentdan 44 foizi «qöşilaman» javobini belgilaşgan.
Videomahsulotlarda berilayotgan axborotni auditoriya 2 xil körinişda qabul qilişi mumkin. Birinçisi, şunaqa muammo bor ekan, bu bilan kuraşiş kerak, deb xulosa qiladi. Ikkinçi toifa odamlar ham borki, ular ayollar şunaqa yomon bölib ketyapti, qizlarni qattiq uşlaş kerak, xotinimni qattiqroq nazoratga olişim kerak, u xiyonat yöliga kirib ketişi mumkin yoki besabrlik qilib hayot qiyinçiligiga çidamay ketib qolişi mumkin ekan, degan fikr şakllanadi.
Undan taşqari, ayolning vazifasi faqat uyda ötiriş, u şaxs sifatida rivojlanişga haqqi yöq, kabi ğoyalar şakllanişiga olib kelişi mumkin. Fikrimça, uşbu toifadagi seriallarni mass-media orqali uzatiş mas’uliyatsizlikdir. «Daydi qizning daftari» asari asosida işlangan va «Qora atirgul» seriallarining ayrim qismlarini kördim. Bularni körgan odamlarda turliça fikrlar şakllanadi. «Daydi qizning daftari» seriali haqidagi körsatuvda badiiy rahbar serialda kötarilayotgan mavzudan maqsad jamiyatdagi uşbu muammolarni körsatiş va şu illatga yöliqmaslikka undaş, degan fikrni aytdi.
Lekin buni körgan odam har xil qabul qilyapti. Kimdir fahş yölini muammo sifatida köryapti: bu yölga ayollar öz-özidan kirib qolmaganligi, sabablarga köra şu holatga kelganini tafakkur qilib, töğri qabul qilayotgan insonlar bor, afsuski, ular juda kam. Ayrim toifa odamlar esa ayollar şunaqa yomon bölib ketyapti, fahş yöliga kirib ketyapti, degan fikrlarni şakllantirib, xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik holatlari köpayişiga, keyinçalik ayollarga nisbatan nafrat, işonçsizlik mustahkamlanişiga hissa qöşyapti.
Ahad Qayumning aytişiça, «Sotilgan nomus», «Xiyonatkor kelin» filmlarini suratga olganidan keyin muxlislari rahmat aytib, endi bundan keyin ayolini yanada qattiqroq nazorat qilişini aytgan ekan. Bu haqiqiy fojia. Ahad Qayum şunaqa munosabatdan keyin qilayotgan işim töğri ekan, deb öylayapti. Aslida, bu notöğri. Bu bir oiladagi ayolning tazyiq, zöravonlik ostida qolib ketişiga turtki bölyapti.
«Daydi qizning daftari» asariga heç qanday e’tirozim yöq, ammo uning ekranlaştirilişiga qarşiman. Keng ommaga tarqatib, yoş boladan tortib, kattalargaça ongostida salbiy fikrlar uyğotadi. Tanlov masalasiga kelsak, har bir inson öz xohişiga qarab filmni köriş-körmaslikni hal qiladi. Hozirgi kunda köp holatlarda odamlar seriallar masalasida mustaqil fikrga ega emas, ergaşib ketiş holati köp bizda, ya’ni kör-körona, tahlil qilinmaydi.
Yuqoridagi seriallarda kötarilgan ta’sirçan holatlar hayotda sodir bölsa, hatto sudlarda iş yopiq holatda köriladi, filmlarda esa ular ommaga keng körsatilmoqda. Çunki bu şaxsning qadr-qimmati, huquqlari bilan boğliq masala. Ahad Qayum bilan suhbatda bölganimda, uşbu mavzularni jinoiy işlardan asos qilib olayotganini aytdi. Bu real holatmi yoki yöq, bilmayman. Lekin buni keng ommaga taqdim qiliş notöğri. Hozirgi paytda, ayniqsa. Qaçonki jamiyatda axborotga nisbatan kuçli immunitet şakllansa, bu mavzularni olib çiqiş kerakdir. Lekin hozir axborotni saralaş darajasi auditoriyada pastligini inobatga olib bu mavzularni olib çiqmagan ma’qul», deydi huquqşunos tadqiqotçi.
Seriallarni kim nazorat qiladi?
«Özbektelefilm» DUK badiiy kengaşi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 12 iyunda «Milliy serial kompleks ijodiy işlab çiqariş dasturi töğrisida»gi qaroriga asosan iş olib borişadi. Uşbu dasturga muvofiq, «Özbektelefilm» içki nizom işlab çiqqan. Unga köra milliy seriallar badiiy kengaşda muhokama qilinadi. Eng qiziği şundaki, Vazirlar Mahkamasining uşbu qarori 2021 yil 22 fevralida öz kuçini yöqotgan. Bunga mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaratiş sabab qilib körsatilgan va bu hujjat ahamiyatini yöqotgan. Körinib turibdiki, davlat telekanallari içki nizom asosida işlaşadi. Xususiy telekanallarda esa içki nizom tugul badiiy kengaşning özi yöq. Saviya ham şunga yaraşa.
«Badiiy kengaşlar faoliyati qonuniy tartibga solinişi kerak»
Muzaffar Erkinov. Rejissyor:
«Xususiy kanallarda namoyiş etilayotgan seriallar meni judayam taşvişga soladi. Reyting oşyapti, deb axloqqa zid bölgan barça mavzularni olib çiqiş şart emas. Bir serialni körib daxşatgan tuşdim: ögay ota qizga tegajoğliq qilyapti. Ögay ota rolini öynagan aktyorning öziga ham bu rollarni öynab nima qilasan, deb dakki berdim. Rol berişdi, öynadim, şunday mavzularning reytingi baland-ku, deb javob berdi. U bu roli jamiyatda qanaqa salbiy oqibatlar olib kelişini tuşunmayapti.
Xorijiy seriallarni çeklaş, efirni faqat milliy seriallarga beriş töğri yeçim emas. Har bir telekanal qoşida badiiy kengaş taşkil qilinişi, xorijiy seriallarni ham kengaş körib çiqişi kerak. Badiiy kengaş ziyoli qatlam vakillaridan iborat böliş kerak. Telekanallar qoşida badiiy kengaşlar faoliyatini tartibga soluvçi huquqiy hujjat bölişi kerak. Bu böyiça huquqiy işlab çiqilgani haqida eşitgandim, ammo uni qöllanilayotganini amalda körmadim», deydi rejissyor.
Muammoga yeçim bormi?
Gender masalalari böyiça tadqiqotçi, huquqşunos Kamola Aliyeva:
«OAV ma’lum mediamahsulotni efirga uzatayotganda ijtimoiy mas’uliyatni sezişi kerak. Ularning kuçi qançalik ekanligini bilamiz va kuçdan töğri foydalanişimiz zarur. Özbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi Mass-media mahsulotlari gender ekspertizadan ötkazilmayotganligi masalasi, xotin-qizlarni faqat an’anaviy rollarda namoyiş qiliş, umuman, zöravonlikni tarğib qiluvçi film, seriallar, körsatuvlar efirga uzatilayotgani masalasi kötarilgan va uning yeçimi sifatida gender ekspertizasini ötkaziş körsatilgan. Bunda OAV xodimlarini öqitiş vazifasi ham qöyilgan.
Hozir telekanallar işlab çiqarayotgan seriallar örniga boşqa turdagilarini suratga olib, jamiyat muammolariga yeçimlarni taklif qilsa böladi. Masalan, olima, sportçi ayollar, tarixiy personajlar, öz kasbida muvaffaqiyatga erişgan ayol sifatida ekranga olib çiqiş mumkin. Xotin-qizlarni faqat salbiy obrazda emas, balki hayotda qiyinçilik körib, uni yenggan, öz ustida işlab, ma’lum muvaffaqiyatga erişgan ayollar obrazi film, seriallarga olib çiqilsa yaxşi bölardi.
Yana Ahad Qayum film, seriallari haqida gapirmoqçiman. U şunday degandi: «Bizni tanqid qiluvçilar köp, lekin bizga maslahat beradigan, mana şu narsa notöğri, deydigan mutaxassislar yöq». Töğri, haqiqatan mutaxassislar yöqdir. Mutaxassislarni öqitiş kerak. Qöşimça qilişiça, har bir telekanal qoşida badiiy kengaşlar bor, aynan ular serialni ekspertizadan ötkazişadi. Ularning özi bilan işlaş kerak, ularning özini öqitiş kerakdir, balki. Badiiy kengaşlar faoliyatini tartibga soliş va OAV mahsulotlarini gender ekspertizadan ötkazişni senzura bilan boğlaşyapti. Senzura bilan gender eskpertizaning farqi bor», deydi huquqşunos.
Psixolog, psixoterapevt Zebuniso Ahmedova:
«Inson özini xavfdan asraşi uçun birinçi örinda yomonlikka e’tiborini qaratadi, özini xavfdan asraşni birinçi öringa qöyadi, çunki xavfdan saqlansa, yaşab qoladi, şuning uçun xavfli vaziyatni tarğib qiluvçi film, seriallar kuçliroq hissiyot beradi. Nima qilsak böladi? Avvalo, farzandlarimizning har bir yoşiga mos mass-media mahsulotlari bölişi kerak.
Men ösmirlar uçun işlangan filmlarni körmayapman. Qaynona urişi, er xotiniga köl kötarişi kabi bir xil sahnalar, obrazlar. Masalan, tirik afsona, gimnastikaçi Oksana Çusovitina obrazi nima uçun film qilinmaydi? U 8 marotaba Olimpiya öyinlarida qatnaşişga özida qanday kuç topdi, uning muvaffaqiyat yöli haqida film olinsa böladi-ku.
Bizda psixologiyani hisobga olgan holda film, seriallar işlab çiqarişmaydi. Xorijda film işlanayotganda psixologlar yordamidan foydalanişadi, har bir filmning psixologik xulosasi böladi. Film va serial ijodkorlariga aytadigan gapim şuki, reyting yoki «prosmotr»ga qarab xalqning talabi şu ekan, deb bölmaydi. Film qançalik köp körilsa, odamning körmagan narsasiga qiziqişidan dalolatdir».
Loqayd bölmaylik
Men serial körmayman, menga mavzuning aloqasi yöq, deydiganlar adaşadi. Heç bölmaganda yaqinlaringizdan biri televizor tomoşa qiladi. Özbekistonda televizor yetib bormagan uyning özi qolmadi hisob. Milliy seriallardagi yot tarğibotlar millionlab insonlarga aks ta’sir bermasidan oldin közimizni oçaylik.
Muhabbat Ma’mirova, Kun.uz muxbiri,
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhammadjon Ğaniyev.