Qaşqadaryo viloyatida tadbirkorlarning 11,5 milliard sömlik “snos” pullari tölab berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning avgust-sentabr oylari davomida Qaşqadaryo viloyati böyiça 70ta tadbirkorlik sub'yektiga noturar obektlari zararini qoplaş uçun 11 milliard 527,4 million söm mablağ tölab berilgan.
Qayd etilişiça, yer uçastkalariga oid tadbirkorlarga yetkazilgan zararlarni tölab berişda eng köp holat Muborak tumanida qayd etilgan. Bu tumanda 34ta noturar obekt uçun 3 milliard 56,6 million söm ajratilgan. Keyingi örinlarda Qarşi şahrida 2 milliard 182 million söm va Çiroqçi tumanida 2 milliard 11 million söm zarar tölab berilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yil 20 avgust kuni prezidentning tadbirkorlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida viloyat hokimlariga 1 sentyabrgaça bino hamda inşootlari buzilgan va hozirga qadar kompensatsiya pullarini ololmay yurgan tadbirkorlarga «snos» böyiça qarzdorlikni töliq qoplaş topşiriği berilgandi.
Qarşi şahrida 15 nafar tadbirkorning «snos» böyiça qarzlari töliq qoplab berildi












