Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Prezidentning «Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi va joylarda 28 ta hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar tashkil etildi. Ushbu qaror bilan zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va chop etish;
- tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda, fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etish hamda ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish;
- respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi o‘rtasida ruhiy kasal yoki ruhiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
- aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar Markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: Respublika markaziga hamda hududiy markazlarga bittadan avtomobil sotib olinadi; markazlar xodimlariga ish haqi va ustamalar to‘lanadi; 1146 qisqa raqamli «ishonch telefoni» uzluksiz ishlashi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
16:42 / 06.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
13:50 / 01.02.2025
O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida reabilitatsiya xizmatlari joriy etiladi
22:37 / 19.07.2024
Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkaziladi
10:26 / 03.07.2024