Hozirda poytaxtning Çilonzor tumanida joylaşgan Ğafur Ğulom boğida ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. Yangilangan boğ qanday bölişi köpçilikni qiziqtirmoqda.
– Aynan uşbu boğning rekonstruksiya konsepsiyasi özining yondaşuvi bilan ajralib turadi. Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yaşil hududlaridan birini saqlab qolişni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan ösimliklar bilan töldirişni ham öz oldimizga vazifa sifatida qöyganmiz, – deydi Ğafur Ğulom boği direktorining örinbosari Zafar Mirzaulukov. Tez orada bu yerda tabiat bilan uyğunlikni saqlagan holda, haqiqatda ham dam oliş mumkin böladi.


Uşbu boğda bölgan har bir kişi oxirgi yillarda boğning hududi kafe, suvenir rastalari va boşqa obektlar bilan tölib ketganini biladi. Holat katta yaşil hududda şunçaki erkin nafas olib ham bölmaydigan darajaga borib qolgan edi. Oddiy qilib aytganda, poytaxtning qadimiy va aholi yaxşi köradigan boğlaridan biri katta bozor körinişiga kelib qolgan edi. Bu holat ayniqsa boğga bolalari bilan dam oliş uçun kelgan va har bir qadamda biron nima sotayotgan kişilarga duç kelgan ota-onalarga ayniqsa sezilardi.


Biz hozirda boğning avvalgi tabiatini tiklaş uçun köp kuç va mablağ sarflayapmiz. Boğni barça rasta, kafe va kabob tayyorlaydigan joylardan tozalayapmiz. Katta e'tiborni landşaft dizayniga qaratyapmiz va bunda boğ maksimal darajada tabiiy bölib qolişi uçun uyğunlikni saqlaşga harakat qilyapmiz.
Ta'mirlaş işlari davomida Toşkent aholisining daraxtlar kesilişi böyiça xavotir olayotganlarini tuşunamiz. Quriliş işlari ketayotgan joyda yaşil ekinlarni saqlab qoliş haqiqatda ham qiyin, lekin biz barça daraxtlarni saqlab qolişning uddasidan çiqdik. Bundan taşqari, suğoriş tizimini töliq özgartirdik va bunga kam bölmagan sarmoya ketdi.

















