O‘zbekiston | 08:16 / 14.10.2021
6014
3 daqiqa o‘qiladi

«Transmashxolding» O‘zbekistonga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasini yubordi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Rossiyaning «Transmashxolding» xoldingi Toshkentga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasini yubordi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Kecha, 13 oktabr kuni «Transmashxolding» AJ tarkibiga kiruvchi «Metrovagonmash» AJ 20ta zamonaviy metro vagonlarini Toshkentga jo‘natdi va shu bilan Toshkent metropoliteni oldidagi kontrakt majburiyatlarning bajarilishini yakunladi.

Yuborilgan vagonlardan Toshkentda to‘rtta vagonli 5 metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari yetkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, ya'ni 15ta to‘rt vagonli poyezdlarni tashkil etadi. 

Harakatlanuvchi tarkib bo‘ylab yo‘lovchilarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun o‘tish joyi bo‘lgan vagonlararo o‘tish joylari bilan jihozlangan. Kengligi 1,4 metr bo‘lgan eshiklar ochiq va yopiq holatlarni ko‘rsatuvchi tashqi yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan. Bosh vagonlarda nogironlar aravachalari uchun joylar mavjud. 

Har bir vagonda sensorli monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda kerakli stansiyalarni qidirish, kerakli yo‘nalishdagi sayohatni rejalashtirish va vaqtini hisoblash imkoniyatiga ega. Vagon va mashinist kabinalari videokuzatuv tizimi, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan. Toshkent metropolitenining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mashinist kabinasining old oynasi boshqariladigan quyoshdan himoyalovchi tizim bilan jihozlangan. Mazkur metro vagonlarining xizmat qilish muddati - 30 yil. Metro poyezdining konstruksion tezligi - soatiga 90 km.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda metropolitenning 20 vagonidan iborat birinchi partiyasi Toshkentga yetib kelgan. 2021 yil avgust oyida esa «Metrovagonmash» AJ O‘zbekistonga yana 20ta metro vagonini jo‘natdi. Yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. 

«Metrovagonmash» AJ va «Toshkent metropoliteni» AJ 40ta metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani shu yil aprel oyida imzolagan. Moliyalashtirish manbalari Rossiyaning Rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki va Rossiya eksport-import banki kreditlari hisoblanadi.

Mavzuga oid