Fransiya sudi sobiq prezident Nikolya Sarkozini Yelisey saroyi uçun ijtimoiy sörovnomalar işi böyiça 2 noyabrga guvoh sifatida söroqqa çaqirtirdi. Ta'kidlanişiça, agar Sarkozi sud yiğilişiga öz xohişi bilan kelmasa, unda kuç bilan keltirilişi mumkin. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.
Avvalroq Parij sudida mahalliy OAV tomonidan Yelisey saroyi uçun sörovnomalar işi deb nomlangan iş böyiça taftiş boşlangan. Ayblov tomoni fikriça, uşbu iş figurantlari Fransiya prezidenti ma'muriyati uçun ijtimoiy sörovnomalarni ötkazişga şartnomalarni tuzişda qoidani buzişgan. Sud oldida Yelisey saroyining sobiq boş kotibi (2007-2011 yillar), Fransiyaning sobiq içki işlar vaziri (2011-2012 yillar), Klod Gean va Sarkozi ma'muriyatining sobiq direktori Emmanyuel Minon javob bermoqda.
Sarkozining advokatlari sobiq prezident sud yiğilişlariga kelmasligini, çunki körilayotgan iş u prezident sifatida daxlsizlikka ega bölgan davrga taalluqli ekanini aytişgan.
Biroq sudning qaroriça, “uşbu guvoh, ya'ni Sarkozi 2 noyabrda söroq qiliniş uçun sud yiğilişiga huquq-tartibot idoralari tomonidan keltirilişi şart”.
Sudning fikriça, sobiq prezidentning körsatmalari “haqiqatni örnatiş uçun zarur”. Sudning tuşuntirişiça, Sarkozi öz prezidentligi vaqtida sodir etgan xatti-harakatlari jinoiy ta'qib qilinişidan daxlsizlikka ega. Biroq uning sud jarayonida guvoh sifatida iştirok etişiga heç qanday taqiqlov yöq.
Avvalroq Sarkozi 2012 yilgi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalaştirişda aybdor deb topilib, bir yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Nikolya Sarkozi Fransiya prezidenti lavozimini 2007-2012 yillar davomida egallagan.

















