Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda markaziy suv quvuriga noqonuniy ulanib aholiga suv sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida markaziy suv quvuriga noqonuniy ulanib aholiga suv sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.B. “Shahrisabz-Qarshi” markaziy ichimlik suv quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, X.B. aholiga ichimlik suvi tarqatish shoxobchasi tashkil qilib, ichimlik suvni sotish orqali «Qashqadaryo suv ta'minoti» MChJ manfaatlariga 174,9 million so‘m zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026