Navoiy kon-metallurgiya kombinati faxriysi, Özbekiston Qahramoni Anatoliy Panin 2021 yil 21 oktyabr kuni 72 yoşida vafot etdi. Bu haqda kombinat rasmiy saytida ma'lum qilindi.
“Anatoliy Nikolayeviç Panin mehnat faoliyatini 1970 yilda Şimoliy kon boşqarmasi “Şarqiy” kareri ekskavator maşinisti yordamçiligidan boşlab, 1977-1983 yillarda ekskavator maşinisti, 1983-2019 yillarda ekskavator maşinistlari brigadasi brigadiri vazifasida işlagan.
U köp yillik mehnat faoliyati davomida kon-metallurgiya sohasida boy tajriba töplab, ulkan jamoada öz kasbining haqiqiy jonkuyari, ustoz-murabbiy sifatida hurmat-e'tibor topdi. U Qizilqum sahrosini özlaştirişga qöşgan munosib hissasi, ibratli fazilatlari, mehnatsevarligi, jonajon Vatanimizga çeksiz muhabbati va sadoqati bilan köpmillatli xalqimizning qalbidan haqli ravişda çuqur joy olgan fidoyi inson edi. Har doim zimmasidagi mas'uliyatni çuqur his etib, tajribali ekskavatorçi sifatida ulkan kon texnikalari yuqori unum bilan işlaşini ta'minlab keldi”, deyiladi kombinat mehnat jamoasining ta'ziyanomasida.
Anatoliy Panin 1995 yilda prezident farmoniga köra, “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan edi. Şuningdek, köp yillik fidokorona mehnatlari, soha rivojiga qöşgan munosib hissasi uçun Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 1, 10, 20, 25 yillik esdalik nişonlari, “NKMK faxriysi” unvoni, uçala darajadagi “Konçilik şuhrati” kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
















