Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar amaldagi qonunga “g‘ayriixtiyoriy davolash” to‘g‘risidagi yangi norma kiritilishini rad etdi
Taklif etilayotgan normaning mohiyati ochib berilmagan hamda majburiy davolash tushunchasi bilan o‘rtasidagi farqli jihatlar yoritilmagan deb topildi.
Oliy Majlis Senatining XX yalpi majlisida “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi.
“Qonun tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida har tomonlama o‘rganib chiqilgandan so‘ng senatorlar hujjatni tamomila qayta ko‘rib chiqish zarur degan xulosaga keldi. Gap shundaki, “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan yangi “g‘ayriixtiyoriy davolash” to‘g‘risidagi normaning mazmun-mohiyati ochib berilmagan hamda majburiy davolash tushunchasi bilan o‘rtasidagi farqli jihatlar yoritilmay qolgan.
Shuningdek, psixoaktiv moddalar ta'sirida mastlik holatida ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun majburiy va g‘ayriixtiyoriy tarzda davolash uchun alohida asoslar va mexanizmlarni ishlab chiqish lozim deb topildi. Bundan tashqari, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda narkologiya muassasasiga yotqizish uchun sudga ariza berish tartibida ham kamchiliklar mavjudligi aniqlandi”, deyiladi Senat axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan rasmiy relizda.
Qayd etilishicha, taklif etilayotgan o‘zgartirishlarda ariza bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojining to‘lanishi yoki undan ozod qilinishi, umuman olganda, davlat boji kim tomonidan to‘lanishiga aniqlik kiritilmagan.
Senatorlar qonunni qayta ko‘rib chiqishni, unga kompleks yondashib, takomiliga yetkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblab, uni rad etishgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026