Erdo‘g‘an turkiy davlatlar xalqaro nashrlarning ikki tomonlama standartlaridan jabr chekayotganini aytdi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an xalqaro nashrlarning ikki tomonlama standartlaridan turkiy davlatlar jabr chekayotgani haqida gapirdi va buni «raqamli fashizm» deb atadi.
Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma'lumotlar tarqalishi avj olgan hozirgi davrda ushbu forum kengash davlatlari va OAV vakillari o‘rtasida birdamlik mustahkamlanishida muhim rol o‘ynashini ta'kidladi.
«Dunyodagi barcha boshqa davlatlar kabi, bugungi kunda biz ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on ma'lumotlarni fosh qilyapmiz. Yolg‘on va o‘zgartirilgan xabarlar ortidan dunyodagi millionlab himoyasiz insonlar ruhan jarohat olmoqda.
O‘zini o‘zini nazorat qilmaydigan va umuman nazorati bo‘lmagan ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar bugun demokratiyaga, ijtimoiy hayotga va davlatlarning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Qanchalik rivojlangan bo‘lishiga qaramay, birorta davlat yoki jamiyat bugun «Raqamli fashizm»ning vayronkor harakatlaridan himoya qilinmagan. Turkiy dunyo xalqlari ham «Raqamli fashizm» – xalqaro OAVning ikki tomonlama standartlaridan jabr chekmoqda», dedi Turkiya prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining «Olis o‘tmish, kuchli kelajak» nomli mediaforumi qatnashchilariga yo‘llagan videomurojaatida.
Turkiya rahbari so‘zlariga misol sifatida Tog‘li Qorabog‘dagi urushni yoritgan xalqaro OAV vakillarini keltirdi.
«Biz bunday ikkiyuzlamachilarcha munosabatni Tog‘li Qorabog‘da davom etgan 44 kunlik urushda ham kuzatdik. Urush davomida biror marta ham Armaniston armiyasi tomonidan tinch aholi yashash joylari ballistik raketalar otilgani va qirg‘in qilingani eslab o‘tilmadi.
Jurnalistikaning mustaqil va obektivligi haqida gapiradigan xalqaro OAV urush davrida o‘zlarini xuddi Armaniston rasmiy axborot agentligi kabi tutishdi. Shuningdek, Qorabog‘ urushi bu holatning yagona misoli emas.
Boshqa strategik masalalar kabi, OAV va kommunikatsiya masalalarini ham biz o‘zimiz, boshqalarning yordamiga tayanmasdan hal qilishimiz kerak», deya Turkiya prezidentining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiy davlatlar bu borada tajriba almashib, kuchlarini birlashtirishi va imkoniyatlardan samaraliroq foydalanish yo‘llarini birgalikda qidirishi kerakligini aytdi.
«Bu borada ushbu media forum bizga mustahkam platforma bo‘lishiga ishonamiz», dedi u.
22 oktabr kuni Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining «Olis o‘tmish, kuchli kelajak» nomli media forumi boshlandi. 24 oktyabrga qadar davom etadigan forumda Ozarboyjon, Shimoliy Kipr, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Turkmaniston va O‘zbekistondan 500dan ortiq axborot sohasi rasmiylari, tilshunos olimlar, diplomatik korpus vakillari, OAV hamda jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
16:24 / 15.12.2024