Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada gaz yetishmovchiligi tufayli energetika sohasida favqulodda holat e'lon qilindi
Moldova va "Gazprom" 30 sentyabrda yakunlangan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirish borasida hozircha kelishuvga erishmadi.
Moldova hukumati 22 oktyabrdan 20 noyabrga qadar favqulodda holat rejimi e'lon qilinishini ma'qulladi. Ushbu qaror mamlakatda energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga kelgani sababli qabul qilindi.
Mamlakat bosh vaziri Natalya Gavrilitsaning ma'lum qilishicha, favqulodda holat davrida tabiiy gaz sotib olishning maxsus tezlashtirilgan rejimi o‘rnatiladi, tabiiy gazni yetarli hajmda sotib olish uchun mablag‘ ajratiladi, tabiiy gaz bilan ta'minlash bo‘yicha operativ harakatlarni amalga oshirish uchun zarur qarorlar qabul qilinadi.
Moldova va "Gazprom" 30 sentyabrda yakunlangan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirish borasida hozircha kelishuvga erishmadi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari Andrey Spinu va Vladislav Kulminskiy yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara olib borish uchun Moskvaga keldi. Ular Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak va "Gazprom" vakillari bilan uchrashdi. Ammo hozircha tomonlar shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishmadi.
Bosh vazir Gavrilitsaning so‘zlariga ko‘ra, Kishinyov shuningdek, Ruminiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan ham gaz import qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026