Ilon Mask

Tesla asoschisi sun'iy ongdan qo‘rqadi. Mask 2014 yilda bu sohadagi ishlanmalarni «iblis chorlovi»ga qiyoslagandi. 2018 yilda sun'iy ong insonlarni «spam manbasi» sifatida yo‘q qilib yuborishi mumkinligini aytdi. Yana ikki yildan keyin esa jurnalist Kara Svisher bilan suhbatda «sun'iy ong insonlarni yo‘q qilib tashlashi uchun bizlarni yomon ko‘rishi shart emas» dedi.
Piter Til, Sergey Brin va Larri Ellison

Birdaniga uch nafar milliarder o‘limdan qo‘rqadi va uzoq yashash yo‘llarini qidirib keladi. PayPal asoschisi Piter Til 120 yil yashashni rejalashtirganini aytadi va har kuni o‘sish gormoni qabul qiladi. U qarishning oldini olish texnologiyalari ustida ish olib borayotgan Metuzel fondiga 6 mln dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazgan.
Til shuningdek, qarishni to‘xtatish ustida ish olib boruvchi SENS tadqiqot fondi va bir nechta biotexnologiya firmalarini ham qo‘llab-quvvatlab keladi. Uni Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison qo‘llab-quvvatlaydi. Milliarder 1997 yilda qarish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazish uchun Ellison Medical Foundation fondini tashkil qilgan. Google hammuassisi Sergey Brin ham umrni uzaytirish bilan bog‘liq loyihalarga pul ajratib keladi.
Bill Geyts

Bill Geyts 2015 yilda millionlab insonlar umriga zomin bo‘ladigan epidemiyalardan qo‘rqishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda yadro urushi yuz berishi ehtimoli kam, ammo gripp 50 foiz ehtimol bilan insoniyatga o‘lim olib kelishi mumkin. Microsoft asoschisi shuningdek, miyasi ishlashdan to‘xtab qolishidan qo‘rqadi.
Jyerri Jons


















