Yevroparlament yetakçi fraksiyasi rahbari Manfred Veber Polşa Yevroittifoqni tark etişi mumkinligini aytdi, deb yozadi Redaktionsnetzwerk Deutschland.

Veberning sözlariga köra, blokning bölajak sammitida Polşa va YeI örtasidagi huquqiy bahsning murosali yeçimini topiş zarur.

«Agar qonun ustuvorligi va Yevropa huquqining amal qiliş me'yorlari masalasi hal etilmasa, Polşa orqa eşik orqali YeIdan çiqişi mumkin», — dedi u.

Reuters agentligining ma'lumot berişiça, Yevropa parlamenti Polşaning YeIdan oladigan mablağini qisqartirişni talab qiluvçi rezolyutsiya böyiça ovoz bergan.

«Polşa özini xavf ostiga qöymoqda. Agar muloqot iş bermasa, oxir-oqibat turli körinişdagi sanksiyalarga ötişimizga töğri keladi. Yevropa ittifoqida bunday siyosat nomaqbul hisoblanadi», — dedi Yevropa işlari böyiça davlat kotibi Kleman Bon.

Hozirda komissiya Varşavaga favqulodda fondlarning 57 milliard yevro mablağidan foydalanişni taqiqladi. Şuningdek, Varşavaga yangi jarimalar qöllanişi mumkin.

Avvalroq Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy Yevroittifoqni şantajda ayblagandi.

7 oktyabr kuni Polşa Konstitutsion sudi YeI qonunçiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi töğrisida qaror qabul qildi. Qayd etilişiça, bu qaror Varşava va Bryussel örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirib yuborgan.