24 oktabr kuni prezident saylovi uçun ovoz beriş jarayoni davom etmoqda. Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida kun davomida saylov jarayonlari bilan boğliq masalalarda brifinglar ötkazildi.

Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov iştirokidagi brifingda saylovçilar röyxatiga aniqlik kiritişda olib borilgan işlar haqida ma'lumot berildi.

Foto: IIV JIED axborot xizmati

Unga köra, hududlarda ötkazilgan saylov tadbirlarida vafot etgan, ma'lumotlar bazasiga kiritilmagan fuqarolar aniqlangan va saylovçilar röyxati şakllantirilgan. Köçmas mulk obektlarining kadastr ma'lumotlari va içki işlar vazirligi ma'lumotlar bazasi orqali tekşirib çiqilgan.

Vazir bu yilgi prezident saylovida katta yangilik bölgan - qamoqda saqlaş joylarida uşlab turilgan, qamoqqa olingan, unça oğir bölmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlarni sodir etganlik uçun jazo muddatini ötayotgan mahkumlar ham ovoz beriş huquqiga ega bölgani haqida gapirdi.

«Bugun ovoz beriş huquqiga ega bölgan 8677 nafar mahkumlar saylaş huquqidan foydalanib ovoz berişyapti. Ularning 533 nafari ijtimoiy xavfi katta bölmagan, 1305 nafari unça oğir bölmagan jinoyat sodir etgan mahkumlar bölsa, 6819 nafari tergov hibsxonalarida saqlanayotgan – sud-tergov jarayoni ketayotgani sabab qamoqqa olingan fuqarolardir. Soat 11:00 holatiga köra, qamoqda saqlaş joylarida röyxatga olingan şaxslarning 6507 nafari yoki 75 foizi ovoz berib bölişgan», dedi Bobojonov.

Foto: IIV JIED axborot xizmati
Foto: IIV JIED axborot xizmati
  • Ijtimoiy xavfi katta bölmagan mavhumlar – qasddan jinoyat sodir etib, 3 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir qilib 5 yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlardir.
  • Unça oğir bölmagan jinoyat sodir etgan mahkumlar – qasddan jinoyat sodir etib, 3 yildan ortiq yoki ehtiyotsizlik oqibatida 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlardir.

Mahkumlar ovoz berişi uçun tergov hibsxonalarida – 12 ta, jazoni ijro etiş koloniyalarida – 4 ta va manzil-koloniyalarida – 2 ta, jami 18 ta saylov uçastkalari taşkil etildi. 7454 nafar mahkum jazoni ijro etiş tizimining özida taşkil etilgan saylov uçastkalarida, 1223 nafari esa hududiy saylov uçastkalariga transport vositalari orqali içki işlar xodimlari qöriqlovi ostida olib boriladi.