Şahar yöl patrul xizmati xodimlariga köra, profilaktik tadbirlar davomida köçalarda harakat xavfsizligini ta'minlaş, haydovçilar tomonidan sodir etiladigan qoidabuzarliklarning oldini oliş maqsad qilingan.
Kun.uz muxbiri mazkur jarayonlardan lavha tayyorlaş uçun Uçtepa tumani Şirin köçasida ötkazilgan navbatdagi reydda iştirok etdi.
“Profilaktik tadbirlarning har bir kunida ayrim haydovçilarda mastlik holatlari, avtomobilni tegişli hujjatlarsiz boşqariş, içki işlar idoralari xodimlarini qonuniy talabini bajarmaslik kabi qöpol qoidabuzarliklar aniqlanmoqda.
Avtoulovlarda ötkir tiğli buyumlar, psixotrop moddalar topilayotgan vaziyatlar ham mavjud. Tadbirimiz boşlanganidan beri qöpol qoidabuzarliklar, yöl-transport hodisalari ham kamayganiga guvoh bölmoqdamiz. Biroq baribir yöl harakati qoidalariga rioya qilmayotgan haydovçilar uçraydi. Ularda aniqlangan qoidabuzarlik böyiça qonuniy çora körilyapti”, – deydi inspektor A'zamjon Nozimjonov.

YPX xodimiga köra, tungi vaqtlarda mast, avtomobil hujjatlari mavjud bölmagan haydovçilar köproq uçraydi. Ayniqsa, oxirgi paytlarda psixotrop moddalar iste'mol qilib maşina haydayotgan haydovçilar, şuningdek, yölovçilar soni ham ortib bormoqda.
















