Ayrim saylov uçastkalarida «oilaviy» ovoz beriş (oilaning bir a'zosi boşqa qarindoşlari uçun ham ovoz berişi holati, bu qonun bilan taqiqlangan) holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda brifing çoğida Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Bahrom Qöçqorov ma'lum qildi.
«Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kuni ötkazilgan monitoring natijalari ba'zi saylov uçastkalarida oilaviy ovoz beriş holatlari qayd etilganini körsatmoqda.
Ta'kidlaş joizki, körilgan keng tarğibot va taşviqot işlariga qaramasdan uşbu salbiy amaliyotdan hali-hanuz tölaqonli voz keça olmaganimizni körsatmoqda. Şuning uçun barça fuqarolardan «Bir saylovçi – bir ovoz» tamoyiliga qat'iy rioya qilişlarini yana bir bor sörab qolamiz», degan Bahrom Qöçqorov.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi 519-saylov uçastkasida olingan videoyozuv tarqalgan edi. Unda saylovga öğli bilan kelgan erkak qölida ikki pasportni tutganiça ovoz beriş uçun röyxatdan ötayotgani, ayni vaqtda uçastka saylov komissiyasi a'zolari uni ogohlantirmayotgani aks etgan. Şundan söng erkak va bola byulletenni töldirib, ovoz beriş urnasiga borgan.

«Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari bilan hamkorlikda butun saylov jarayonini monitoring qilib, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinayotgan xabarlar, fotosuratlar va videoroliklarni örganib bormoqda. 519-saylov uçastkasida olingan videoyozuv ham tahlil qilindi. Örganiş natijalariga köra töplangan ma'lumotlar prokuratura organlariga topşirildi», deya MSK raisi örinbosari sözlarini keltiradi Gazeta.uz.
U Markaziy saylov komissiyasi Özbekiston saylov amaliyotida «oilaviy» ovoz beriş illati töliq barham topişi uçun bundan keyin ham tizimli çoralar körişiga va'da berdi. «Saylov natijalarini soxtalaştirişga qarşi kuraşning eng samarali yöli — bu jamoatçilik nazoratidir», deya qayd etadi Qöçqorov.
MSK ma'lumotiga köra, soat 17:00 ga qadar Özbekiston böyiça jami saylovçilarning 71,8 foizi yoki 14 mln 258 ming kişi ovoz berdi.
Eng faol saylovçilar Andijon (77,1) Buxoro (75,2) va Farğona (74,2) viloyatlarida kuzatilmoqda.















