Soat 15:00ga qadar prokuratura organlariga saylov jarayonida qonun buzilişi holati röy bergani haqida xabar va murojaat kelib tuşmagan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazidagi brifingda Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev xabar berdi.

Boş prokuror agar saylov qonunçiligi buzilgani haqida xabar va murojaatlar kelib tuşsa yoki ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda biror ma'lumotlar e'lon qilinsa, ular öşa zahoti Boş prokuratura huzurida taşkil etilgan ştab tomonidan alohida nazoratga olinişini ta'kidladi.

U saylov qonunçiligining buzilişi ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bölişi haqida eslatib ötdi. Fuqarolar saylov qonunçiligini buziş holatlariga guvoh bölsa hududiy prokuratura organlariga yoki Boş prokuraturaning 1007 işonç telefoniga murojaat qilişlari mumkin.

«Prokuratura organlari saylov jarayonida qonun ustuvorligini ta'minlaşga jiddiy e'tibor qaratmoqda va buning uçun barça sa'y-harakatlarni röyobga çiqarmoqda.

Öz navbatida, buni ham istisno etmasligimiz kerak – qonun buzilişi holatlari haqidagi hamma ma'lumot ham bizgaça yetib kelmasligi mumkin. Sizlar bevosita joylarda saylov uçastkalari va okruglarida vaziyatni örganib, saylovçilar, saylov komissiyalari vakillari bilan muloqotdasiz. Agarda, Sizlarda qonun buzilişi töğrisida biron bir ma'lumot mavjud bölsa, uni Boş prokuraturaga taqdim etsangiz, uni zudlik bilan örganib, tegişli baho berilişini   ta'minlaş çoralarini köramiz. Biz bunday hamkorlikka tayyormiz», deya uning sözlarini keltiradi MSK matbuot xizmati.

Soat 16:00 holatiga köra saylovda davomat 64 foizdan oşdi. 

Ovoz beriş jarayoni boşlanganidan yetti soat ötgan vaqtda saylov uçastkalarida röyxatga olingan 19 859 127 saylovçidan 12 748 549 nafari öz tanlovini amalga oşirib bölgan.

Saylov Toşkent vaqti bilan soat 20:00ga qadar davom etadi.