Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston prezidentligi uçun saylovlarda ğalaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda Belarus prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda aytilişiça, Mirziyoyevga telefon qilgan Lukaşenko uni saylovlardagi işonçli ğalabasi bilan tabriklagan. Suhbatda tomonlar özaro hamkorlikning barqaror rivojlanayotganini e'tirof etgan. Şuningdek, Belarus va Özbekiston hamkorlikni yanada yaxşilaş imkoniga egaligi aytilgan.

«Saylovdagi işonçli ğalaba sizning avtoritetingiz qanday yuqori ekanini körsatib turibdi. Xalqingiz kuçli, mustaqil va zamonaviy davlat tuziş yölidagi harakatlaringiz töğri yönalişda ekanini tasdiqladi», deyilgan Lukaşenkoning telegrammasida.

Suhbat yakunida Aleksandr Lukaşenko tez orada yuzma-yuz uçraşib, ikki tomonlama munosabatlarni yana bir bor muhokama qilişga umid bildirgan.

Şavkat Mirziyoyevni birinçi bölib Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovdagi ğalabasi bilan tabriklagandi. Özbekiston prezidentligi uçun ötkazilgan saylov natijalari hali e'lon qilingani yöq. Natijalar Toşkent vaqti bilan soat 16:00 da e'lon qilinişi kutilmoqda.