“Aziz va muhtaram vatandoşlarim, aziz partiyadoşlarim! Albatta, har bir insonning hayotida juda bir hayajonli damlar böladi, mening hayotimda ham hozir şunday daqiqalar... Mana şunday buyuk, jonajon xalqim menga işonç bildirgani uçun yana bir marta xalqimga, farzandlarimga, munis onalarimga, nuroniy oqsoqollarimizga meni duolar qilib, bugungi ğalabaga qöllab-quvvatlaganlari uçun ta'zim qilib, rahmat demoqçiman”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev saylovdagi davomat 80 foizdan oşgani xalqning öz kelajagiga befarq emasligini anglatişi, uşbu siyosiy jarayon “dunyo tan olgan” Saylov kodeksi asosida ötganini qayd etdi.

“Bugungi Özbekiston keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz beş yil oldingi xalq emas. Eng katta yutuqlarimizdan biri – emin-erkin, özimiz öz qölimiz bilan, şijoatli mehnatimiz bilan ertangi kunimizga befarq emasligimizga yana bir marta butun dunyo hamjamiyatini işontirdik.

Bir narsani har safar aytdim, hozir ham aytaman: endi orqaga yöl yöq, Özbekiston faqat olğa yuradi!” – dedi saylangan prezident.

Prezident şuningdek, jurnalistlarga alohida rahmat aytdi.

«Fursatdan foydalanib bir narsani ta'kidlamoqçiman – sönggi 5 yilda Özbekistonimiz ommaviy axborot vositalari butunlay özgardi. Ayniqsa, sönggi oylardagi qizğin saylov kampaniyasi davomida vaziyatni xolis yoritib bordilar, kerak joyda tanqid qildilar.

Men mana şu onlarda ommaviy axborot vositalari xodimlari, aziz jurnalistlarga öz minnatdorligimni bildiraman», deya Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.