Ta'kidlanişiça, milliarder Tesla aksiyalari narxi 13 foizga oşişi natijasida bir kun içida 41,7 mlrd dollarga boyigan.
Bir kun avval kompaniya kapitallaşuvi birinçi marta 1 trln dollardan oşgani ma'lum qilingandi. Aksiyalar qiymati 12 foizga oşib, bir donasi narxi 1025 dollarga yetgan. Natijada Maskning boyligi bir kun içida 36,2 mlrd dollarga köpaygandi.
Öz navbatida Bloomberg axborot agentligi Maskning boyligini 288,6 mlrd dollarga baholamoqda. Bu esa Tesla’ning asosiy raqobatçilari bölgan Toyota (282 mlrd dollar), General Motors (83,9 mlrd dollar) va Ford (62,8 mlrd dollar) kompaniyalarining bozor qiymatidan köproqni taşkil qiladi.
Bunday ulkan körsatkiçlar tadbirkorga Amazon asosçisi Jyeff Bezosdan oşib ketişga imkon berdi. Ayni vaqtda Bezosning boyligi 194,1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bir oy avval Maskning boyligi 200 milliard dollardan köproqqa baholanayotgandi.
Morgan Stanley tahlilçilarining fikriça, Mask dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkin.













