O‘zbekiston | 08:05 / 29.10.2021
6683
4 daqiqa o‘qiladi

Foydali qazilmalarni qazib oluvchilarga soliq solishning yangi tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Bezrukix

“Yer qa'ridan foydalanuvchilarga soliq solishni takomillashtirish munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonun loyihasining maqsadi - yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblash tartibini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Qonun loyihasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat.

Xususan, foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘i  to‘lovchilari hisoblangan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq solish maqsadida soliq hisobini AQSh dollari bo‘yicha hisoblash usulida yuritish huquqini berish mo‘ljallanmoqda.

Yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida, keyingi uch yilda mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkasini qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obekti hisoblanmasligi belgilab qo‘yiladi.

XVIII bo‘lim, “Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq” yangi tahrirda bayon etilmoqda hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadi. 

Xususan quyidagilar:

a) soliq solish obekti sifatida qazib olinadigan (ajratib olinadigan) foydali qazilmalar hajmini belgilash tartibi aniqlashtirilmoqda, bu esa soliq solish obektini kamaytiradi;

b) soliq solinadigan baza uchun uni belgilashning xususiyatlari joriy etilmoqda:

neft va tabiiy gazni ishlab chiqarishda, ularni soliq to‘lovchining o‘zi qayta ishlagan holatda yoki qaytarish sharti asosida;

qimmatbaho metallar bozori London Assotsiatsiyasida yoki London metall birjasida kotirovka qilinadigan metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) paytida. Shu bilan birga, ushbu metallar uchun soliq bazasini o‘rtacha arifmetik birja bahosidan kelib chiqqan holda hisoblash taklif etiladi;

v) yuridik shaxslar uchun soliq davri uchun joriy kalendar yil o‘rniga chorak etib belgilash taklif etiladi;

d) soliq hisobotlarini topshirish oxirgi muddati – yuridik shaxslar uchun yil yakunlari asosida hisobot davridan keyingi oy 20 kunidan kechiktirmay belgilanadi, ya'ni 20 yanvargacha mos ravishda soliq ushbu muddatga qadar to‘lanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini nazarda tutuvchi yangi “Foydali qazilmalarni qazib olishda maxsus renta solig‘i” XVIIII bo‘limi bilan to‘ldirilmoqda.

Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘i uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni yangi konlar uchun qazib olish (ajratib olish) bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun joriy etiladi (2021 yil 1 sentyabrdan keyin olingan litsenziya maydonlariga nisbatan).

Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘i joriy etilishi yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning past stavkalari bilan birgalikda:

investorlarga barcha kapital xarajatlari va investitsiyalar bo‘yicha talab etilgan daromadlilikni qoplash (qazib olish boshlanganidan yuqori soliq stavkalari qo‘llamagan holda);

foydali qazilmalar miqdori kam bo‘lgan konlarning rivojlanishini ta'minlash (foydali qazilma boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini kamaytirib, ularning rentabelligini ta'minlash orqali);

narxlarning oshishi va (yoki) rentabellikning oshishi tufayli olingan qo‘shimcha daromad davlat va investorlar o‘rtasida taqsimlash imkonini beradi.

Mavzuga oid