2017 yilda rekord miqdordagi shaxs afv etilgan

IIV Jazoni ijro etish departamentining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 2016–2021 yillarda afv etish to‘g‘risida 17 ta prezident farmoni qabul qilingan. Ushbu farmonlar asosida afv etilganlarning 2647 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan. Shundan 1227 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etilgan bo‘lsa, 990 nafari muddatidan ilgari shartli ozod etilgan. 430 nafar shaxsning o‘talmagan jazosi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.

Shu bilan birga, 18 nafar shaxs probatsiya xizmati nazoratidan chiqarilgan, shundan 11 nafari to‘liq ozod etilgan, 1 nafari qo‘shimcha jazodan ozod etilgan, 6 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan.

Afv qilingani sababli 2515 nafar shaxsning o‘talmagan jazosi qisqartirilgan, shundan 490 nafar mahkumning jazosi teng yarmiga, 1420 nafariniki uchdan biriga, 605 nafar shaxsga tayinlangan jazo esa to‘rtdan biriga qisqargan.

Yillar kesimida tahlil qilinsa, 2016 yilda 10 nafar, 2017 yilda 2700 nafar, 2018 yilda 623 nafar, 2019 yilda 776 nafar, 2020 yilda 616 nafar, 2021 yilda 455 nafar shaxs afv etilgan.

Foto: Kun.uz

Raqamlar ortidagi taqdirlar

Kimlargadir oddiy statistik ma'lumot bo‘lib tuyuladigan ushbu raqamlar ortida qanchadan qancha taqdirlar yashirin. Shulardan biri 2007 yildan 2020 yilgacha qamoqda bo‘lgan toshkentlik Sarvar Bobonazarovdir. U Kun.uz’ga bergan intervyusida uyiga 19 yildan so‘ng qaytganini