“Tolibon”ning oliy yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda harakatga rahbarlik qilişni boşlaganidan beri birinçi marta omma oldida köriniş berdi. U Afğonistonning Qandahor şahridagi madrasada nutq sözladi.

Oxundzoda “özining jasur askarlari va şogirdlari” bilan suhbatlaşiş maqsadida mahalliy diniy ta'lim muassasasiga taşrif buyurgan.

Uning madrasadagi nutqining 10 daqiqalik audioyozuvi toliblarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida e'lon qilingan, deb xabar berdi TRT telekanali. Uçraşuv vaqtida xavfsizlik nuqtayi nazaridan, foto va video tasvirga olinmagan.

Oxundzoda öz nutqida janglarda halok bölganlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan. Toliblar rahbari öz nutqi davomida heç qanday siyosiy bayonotlar bermagan.

Hozirça toliblar taşkil etgan hukumatni heç kim tan olmadi. Şunga qaramay, toliblar yetakçilari boşqa davlatlar vakillari bilan bir neça marotaba oliy darajadagi uçraşuvlar ötkazgan.

Ayni vaqtda toliblar xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni yölga qöyişga va Afğonistonning qonuniy hukumati tomonidan tan olinişiga harakat qilmoqda.

“Tolibon”ning avvalgi yetakçisi Ahtar Mansur dron zarbasi yordamida yöq qilingandan keyin 2016 yilda uning örnini Haybatulloh Oxundzoda egallagandi.